Yangiliklar

Davlat byudjeti mablag‘larining maqsadli sarflanishi — muhim vazifa

23.02.2016Manba: «Xalq So'zi»

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar Hisob palatasining 2015 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni dastlabki tarzda ko‘rib chiqdilar.

Kelajak energiyasi

23.02.2016Manba: «Xalq So'zi»

Mamlakatimiz iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan yangilanish va o‘zgarishlar sanoat tarmoqlariga “yashil iqtisodiyot” tizimini joriy qilish, innovatsion taraqqiyotni -jadallashtirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga qaratilgani bilan e’tiborga molikdir. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning muhim omili — energetika tizimini modernizatsiyalash, energiya hosil qilishning muqobil manbalaridan kengroq foydalanish borasida olib borilayotgan izchil islohotlar bugun o‘z samarasini bermoqda.

Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha Kommunikatsion strategiyani amalga oshirish natijalari

23.02.2016Manba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi

Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha Kommunikatsion strategiya O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi topshirig‘i bilan 2014 yilning 10 oktyabr kuni tasdiqlangan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi va Jahon bankining “Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” qo‘shma loyihasi doirasida 14 tadan ortiq tashkilot - vazirlik, uyushma, agentlik va korxonalar tomonidan amalga oshirilmoqda.

Investitsiya dasturi samaralari

19.02.2016Manba: «Xalq So'zi»

Investitsiya dasturi samaralari yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi ishlab chiqarish sub’ektlarini tashkil etish hamda raqobatdosh mahsulotlar tayyorlashda o‘z ifodasini topayapti

ShHT mintaqada tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga munosib hissa qo‘shmoqda

19.02.2016Manba: O'zA

Bugun O‘zbekiston barcha sohalarda jadal rivojlanayotgani, tinchlikparvar siyosati, mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan izchil sa’y-harakatlari tufayli xalqaro miqyosda nufuzi tobora yuksalib bormoqda.

Mahsulotlar yetkazib berishda uzilish bo‘lmaydi

18.02.2016Manba: O'zA

Joriy yilda poytaxtimizdagi Eski jo‘va, Aviasozlar, Sergeli dehqon bozorlari zamonaviy qiyofada ta’mirlanadi. “Toshkent qishloq xo‘jalik mahsulotlari ulgurji bozori” aksiyadorlik jamiyatida qurilish ishlari davom etmoqda. Usti yopilib, yirik savdo kompleksiga aylanadigan bozorning ixtisoslashgan pavilyonlarida yuklarni mashinalardan tushirmasdan savdo qilish uchun sharoit yaratiladi.

Yengil sanoat: ishlab chiqarish hajmi oshmoqda

18.02.2016Manba: O'zA

Milliy matbuot markazida “O‘zbekengilsanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida 2015-yil yakunlari sarhisob qilinib, mamlakatimiz to‘qimachilik va tikuvchilik-trikotaj sanoatini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Deputatlar Ombudsman hisobotini eshitdilar

17.02.2016Manba: O'zA

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda deputatlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilining 2015-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni eshitdilar.

Qashqadaryoda tashqi savdo aylanmasi ko‘paymoqda

16.02.2016

Yurtimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga qaratilayotgan chora-tadbirlar bugungi kunga kelib o‘z samarasini bermoqda. Buni Qashqadaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan yirik ishlab chiqarish ob’ektlari hamda yangidan ish boshlagan mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan xorijiy davlatlarga amalga oshirilayotgan eksport operatsiyalari ko‘lamining ortayotganligidan ham ko‘rish mumkin.

2015-yilda O‘zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari to‘g‘risida

15.02.2016

Tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, sanoatning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni amalga oshirishda real sektor korxonalarini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash, qishloq xo‘jaligining moddiy-texnika bazasi va infratuzilmasini mustahkamlash, xizmatlarning zamonaviy turlarini jadal rivojlantirish chora-tadbirlarining amalga oshirilishi 2015-yilda yalpi ichki mahsulotni 8 foizga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 8 foizga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini 6,8 foizga va qurilish-pudrat ishlari hajmini 17,8 foizga oshirishga ko‘maklashdi.