Qashqadaryoda tashqi savdo aylanmasi ko‘paymoqda

2016-02-16

Yurtimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga qaratilayotgan chora-tadbirlar bugungi kunga kelib o‘z samarasini bermoqda. Buni Qashqadaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan yirik ishlab chiqarish ob’ektlari hamda yangidan ish boshlagan mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan xorijiy davlatlarga amalga oshirilayotgan eksport operatsiyalari ko‘lamining ortayotganligidan ham ko‘rish mumkin.

Buni Qashqadaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan yirik ishlab chiqarish ob’ektlari hamda yangidan ish boshlagan mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan xorijiy davlatlarga amalga oshirilayotgan eksport operatsiyalari ko‘lamining ortayotganligidan ham ko‘rish mumkin.

Albatta, bu kabi natijalarga erishishda Hukumatimiz tomonidan ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, shu jumladan, tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’ektlariga har tomonlama qulaylik yaratishga qaratilayotgan e’tibor katta ahamiyat kasb etmoqda.

Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarda tashqi iqtisodiy faoliyatga keng erkinlik berish, byurokratik g‘ovlarni bartaraf etishga oid bir qator muhim huquqiy normalar amaliyotga tatbiq etilib, natijada ruxsat berish tartib-taomillari tubdan qisqartirildi. Barcha darajadagi davlat boshqaruvi organlari bilan o‘zaro munosabatlarda tadbirkorlar huquqlarining ustuvorligi printsipi joriy qilindi.

Yaratilgan imkoniyatlar natijasida viloyatning 2015 yildagi tashqi savdo aylanmasi 901,2 million AQSh dollarni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2014 yilda 600,14 million AQSh dollaridan iborat bo‘lgan edi. Ko‘rinib turibdiki, viloyatning tashqi savdo aylanmasi 2014 yilga nisbatan 2015 yilda 301,59 million AQSh dollarga yoki 50,2 foizga ko‘paygan. Tashqi savdo aylanmasida eksport tovarlar hajmi 240,8 million AQSh dollarini tashkil qildi.

Mazkur natijalarga erishishda, “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” va “Talimarjon issiqlik elektr stantsiyasi” unitar korxonalari, “Sho‘rtan” gaz kimyo majmuasi, “Sho‘rtanneftegaz” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari tomonidan import tovarlarni olib kelishda hamda “Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodi” unitar korxonasi, “Sho'rtan Gaz Mahsulot” qo‘shma korxonasi, “Cotton Road” mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi korxona, “Oq saroy textile” va “Murodali Farm Tekstilь” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari tomonidan eksport tovarlarni rasmiylashtirishda muhim o‘rinni egalladi.

Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Dаvlаt bоjхоnа qo‘mitаsi