Yangiliklar
Adolatning katta-kichigi bo‘lmaydi 06.04.2017Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev asos solgan xalq bilan muloqot, murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha yangi tizim, Xalq qabulxonalari instituti o‘zbek davlatchilik maktabiga mansub adolatparvarlik, haqiqatni amalda ta’minlashdek asriy an’analar ildizlaridan quvvat oladi. Bunda oddiy odamlar qalbiga quloq solish, ularning dard-tashvishlarini astoydil tinglash, muammolarini hal etishda amaliy yordam berish, qisqa aytganda, davlat idoralarining xalq talab va istaklari asosida ishlashiga erishishdan ko‘zlangan maqsad bitta – xalqimizni hayotdan rozi qilish, ularning armonlarini ushaltirish, orzularini ro‘yobga chiqarish. |
31.03.2017 “Salomatlik poyezdi”ni Qashqadaryo viloyatining Oqrabot va Dehqonobod temir yo‘l bekatlarida davlat va nodavlat tashkilotlari vakillari, keng jamoatchilik kutib oldi. |
Muammolar joyida hal etilmoqda 31.03.2017Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining xalq bilan bevosita muloqoti turli muammolarga o‘z joyida yechim topishga xizmat qilmoqda. Bu Andijon viloyati tuman va shaharlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T.Xudoyberganov o‘tkazgan sayyor qabullarda ham yaqqol namoyon bo‘ldi. |
Shayxontohur tumanida sayyor qabul 29.03.2017Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan xalqimizning turmush farovonligini yanada oshirish, ular uchun barcha sohada zarur qulayliklar yaratishga qaratilgan izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada odamlar bilan muloqotning ta’sirchan va samarali usullaridan keng foydalanilayotgani ana shu ezgu maqsadga xizmat qilayotir. |
Sarhisob va istiqboldagi vazifalar 29.03.2017Respublika “Insoniylik” o‘quv-uslubiy markazida O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyatining 2016-yilda amalga oshirgan gumanitar faoliyati va joriy yildagi vazifalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. |
29.03.2017 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T.Xudoyberganovning Namangan viloyati shahar va tumanlarida o‘tkazayotgan sayyor qabullari davom etmoqda. |
28.03.2017 O‘zbekiston davlat konservatoriyasida Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yiliga bag‘ishlab "Navro‘z sadolari" III xalqaro xalq cholg‘ulari orkestrlari va ko‘p ovozli ansambllarning musiqa ko‘rik-festivali bo‘lib o‘tdi. |
Xalq qabulxonalari xalq dardiga sherik bo‘lmoqda 28.03.2017Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 28-dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi doirasida Qashqadaryo viloyatida tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi faoliyatidan aholi mamnun. |
Sayyor qabulda aniq chora-tadbirlar belgilandi 28.03.2017Samarqand viloyati hokimi H.Oqbo‘tayevning navbatdagi sayyor qabuli Paxtachi tumanida o‘tkazildi. |
Surxondaryoda salomatlik kunlari 28.03.2017"Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida "Sog‘lom avlod uchun" xalqaro xayriya fondi va "O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyati hamkorligida Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlab tashkil etilgan “Salomatlik poyezdi” 22-26-mart kunlari Surxondaryo viloyatining chekka qishloqlaridagi xotin-qizlar va bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatdi. |