Moliya Vazirligida “O‘rta muddatli byudjet. Namangan shahar byudjeti misolida” uslubiy qo‘llanmasining taqdimoti bo‘lib o‘tadi
06.02.2018
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 22 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi hamda 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 91-bandi ijrosini ta’minlash, jumladan Byudjet daromadlari va xarajatlarini tuzish (mahalliy byudjet) jarayonini xalq uchun ochiq va oshkora bo‘lishini ta’minlash, mahalliy byudjetni boshqarishda yangi o‘rta-muddatli modelga bosqichma-bosqich o‘tish maqsadida ushbu “O‘rta muddatli byudjet. Namangan shahar byudjeti misolida” uslubiy qo‘llanma va O‘rta muddatli byudjetni rejalashtirish kontseptsiyasi taqdimoti o‘tkaziladi.
Taqdimotni 2018 yilning 6 fevral kuni soat 9-30 da O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachilik binosining katta zalida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.