SAMARQAND VILOYATIDA “KEKSALARNI E’ZOZLASH-YILI” HUDUDIY DASTURINING IJROSI BO’YICHA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR TO’G’RISIDA MA’LUMOT

Viloyat dasturi 6 ta bo’lim, 103 ta banddan iborat bo’lib, moliyaviy xarajatlari 1 mlrd 48 mln so’mni tashkil qilmoqda. Asosiy e’tibor qaratilgan 6 ta yo’nalish bo’yicha amalga oshiriladigan ishlar bo’yicha barcha mehnat jamoalari, shahar-tumanlar hokimliklari va jamoatchilik vazifador etib belgilangan. Viloyatda 300 mingdan ortiq pensionerlar istiqomat qiladi. Ularning 267 ming 901 nafari keksalar, 105 nafari 100 yosh va undan oshgan keksa onaxon va otaxonlardir.

2015-yil 1 iyul holatiga ko’ra

O’zbekiston Respublikasi prezidentining 2014-yil 12 dekabrdagi Farmoyishi va 2015-yil 18-fevraldagi “Keksalarni e’zozlash-yili” Davlat dasturi to’g’risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat hokimining 2015-yil 21-fevraldagi va 5 martdagi qarorlari qabul qilingan.
Viloyat dasturi 6 ta bo’lim, 103 ta banddan iborat bo’lib, moliyaviy xarajatlari 1 mlrd 48 mln so’mni tashkil qilmoqda. Asosiy e’tibor qaratilgan 6 ta yo’nalish bo’yicha amalga oshiriladigan ishlar bo’yicha barcha mehnat jamoalari, shahar-tumanlar hokimliklari va jamoatchilik vazifador etib belgilangan.
Viloyatda 300 mingdan ortiq pensionerlar istiqomat qiladi. Ularning 267 ming 901 nafari keksalar, 105 nafari 100 yosh va undan oshgan keksa onaxon va otaxonlardir.
1941-1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari 6074 nafar, urush faxriylari 280 nafar, mehnat fronti faxriylari esa 5794 nafarni tashkil qiladi.
Sog’liqni saqlash muassasalari tomonidan 239 ming 534 nafar keksalar (279 nafari urush faxriylari, 5342 nafari mehnat fronti faxriylari hamda 233 ming 913 nafari pensioner, yolg’iz keksalar va nogironlar) tibbiy ko’rikdan o’tkazildi. Shundan 215 ming 639 nafari ambulator sharoitda, 23 ming 776 nafari shifoxonalarda va 119 nafari respublika davolash-profilaktika shifoxonalarida tibbiy ko’rikdan o’tkazildi.
1941-1945-yillar urush va mehnat fronti faxriylari, qamaldagi Leningrad shahrining korxonalarida mehnat qilgan shaxslar va fashist kontslagerlarida tutqunlikda bo’lgan 6630 nafar faxriylar ro’yxati tuzilib, ularning har biriga manzilli xizmatlar ko’rsatish uchun mas’ullar belgilandi.
Faxriylarning 314 nafari urush va mehnat fronti faxriylari hisoblanadi. Ularning 193 nafari nogironlar, 121 nafari urush qatnashchilari, 3 nafari “Leningrad mudofaasi uchun” medali va “Qamaldagi Leningradda yashaganga” nishonlari bilan taqdirlanganlar, 2 nafari fashistlarning kontslagerlarida tutqunlikda bo’lganlardir.
Barcha urush va mehnat faxriylarining ro’yxatlari sog’liqni saqlash muassasalariga yetkazilib, to’liq dis’anserizatsiya ko’rigidan o’tkazildi, ularga bepul tarzda dori-darmonlar (tibbiyot qutichalari) yetkazib berildi.
210 nafar yolg’iz keksa, pensioner va nogironlarga 24,9 mln so’mlik 9 xildagi mahsulotlar yetkazib berildi.
1952 nafar (812 nafari urush va mehnat fronti faxriylari, 1140 nafari keksalar va nogironlar) keksalarga sanatoriy-kurort kartalari ochildi. Ularning 1741 nafari (514 nafari urush va mehnat fronti faxriylari) Respublikadagi 17 ta so’lim joylarda joylashgan sanator-sog’lomlashtirish muassasalarida dam oldirildi.
Respublika va viloyat bo’yicha davolanishga muhtoj bo’lgan faxriylar uchun Nurobod tumanidagi “Ibn Sino” va Kattaqo’rg’on shahridagi “Marvarid” sihatgohlari to’liq xizmat ko’rsatmoqda. 1074 nafar keksa va nogironlarga hamda urushorti mehnat faxriylariga O’zbekiston Respublikasi prezidenti sovg’alari, 280 nafariga bir martalik pul mukofotlari tantanali ravishda tarqatildi.
314 nafar urush qatnashchilari, 105 nafar yuz yoshdan oshganlar, 2184 nafar kam ta’minlanganlar, 294 nafar kasalxonada davolanayotganlar, 345 nafar boquvchisini yo’qotganlar, 307 nafar I va II guruh nogironlariga Navro’z bayrami hamda Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan sovg’alar ulashilgan.
1062 nafar urush va mehnat fronti faxriylari “Ikkinchi jahon urushidagi G’alabaning 70-yilligi” esdalik yubiley medali bilan taqdirlandi.
“Muruvvat” va “Saxovat” uyidagi 584 nafar keksa va nogironlarga yotoq choyshab, shaxsiy gigiena vositalari, kiyim-kechak va oziq-ovqat mahsulotlari bilan to’liq ta’minlandi.
Keksalar uchun viloyatda faoliyat ko’rsatayotgan barcha kinoteatr, teatr va muqaddas qadamjolarga kirish bepul etib belgilandi.
Viloyatda o’tkazilgan 2563 ta tadbirda 269 ming 325 nafar keksalar ishtirok etib, 32 ming 631 nafari kinoteatr, 1900 nafari teatr, 15 ming 564 nafari muzey, 23 ming 710 nafari kontsert, 195 ming 520 nafari boshqa ommaviy tadbirlarga jalb qilindi.
1-may kuni o’tkazilgan “Favvoralar sayli”ga viloyatdagi pensionerlar, urush va mehnat faxriylari ham taklif qilinib, ular uchun ko’ngilochar tadbirlar tashkil qilib berildi.
Mehnat jamoalarida ishlab kelgan 2275 nafar keksalar va mehnat faxriylariga shart-sharoit yaratish maqsadida Samarqand, Toshkent, Buxoro, Xiva, Urganch va Shahrisabz shaharlariga sayohat tashkil qilindi.
Samarqand shahridagi 6 ta hammom, 29 ta sartaroshxona, Nogironlar tibbiy reabilitatsiyasi markazi qoshidagi Samarqand protez-ortopediya korxonasi keksalarga maishiy va ijtimoiy xizmat ko’rsatish uchun biriktirilgan.
1530 nafar yolg’iz keksalar, 207 nafar yakka-yolg’izlarga 203 nafar ijtimoiy xizmat ko’rsatuvchi xodimlar (har biriga 7-8 tadan) bevosita biriktirilgan. 44 nafar keksalarga nogironlik aravachalari, 17 nafariga eshitish moslamalari, 41 nafariga hassa va 27 nafariga qo’ltiqtayoqlar bepul tarzda yetkazilib berildi.
Samarqand teleradiokompaniyasida “Ehtirom”, “Keksalari e’zozlangan yurt”, “Qarisi bor uyning – parisi bor”, “Ijtimoiy himoya – ustuvor vazifa”, “2015-yil – Keksalarni e’zozlash-yili” ko’rsatuvlari tashkil qilingan.
Viloyatning 1106 ta mahallasida istiqomat qiluvchi 3358 nafar ijtimoiy yordamga muhtoj keksalar ro’yxati tuzilgan. 2015-2017-yillarda ularning uy-joylari joriy yoki mukammal tahmirlanishi rejalashtirilgan. Joriy-yilning 5 oyida 273 ta uy-joy ta’mirlandi.
276 nafar urush qatnashchilarining 230 nafari O’zbekistonda ishlab chiqarilgan analogli va raqamli televizor, 296 nafari mobil telefon apparati yoki mavjudlariga bepul foydalanish limitlari ta’minlandi.

Samarqand viloyati hokimyati rasmiy veb-sayti www.samarkand.uz