2010—2020 YILLARDA NOMODDIY MADANIY MEROS OB’EKTLARINI MUHOFAZA QILISH, ASRASH, TARG‘IB QILISH VA ULARDAN FOYDALANISH DAVLAT DASTURINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI
2010—2020 YILLARDA NOMODDIY MADANIY MEROS OB’EKTLARINI MUHOFAZA QILISH, ASRASH, TARG‘IB QILISH VA ULARDAN FOYDALANISH DAVLAT DASTURINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010 y., 40-41-son, 345-modda)
«Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2010—2020 yillarda nomoddiy madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish, asrash, targ‘ib qilish va ulardan foydalanish Davlat dasturi (keyingi o‘rinlarda Davlat dasturi) 1-ilovaga;
Davlat dasturini amalga oshirish bo‘yicha Ishchi guruh tarkibi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 2-ilova berilmaydi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Davlat dasturini amalga oshirish bo‘yicha asosiy ijrochi sifatida belgilanib, unga:
Davlat dasturi monitoringini yuritish;
muntazam ravishda har bir yil yakunida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga hisobotlarni taqdim etish;
Respublika xalq ijodiyoti va madaniy-ma’rifiy ishlar ilmiy-metodik markazining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
O‘zbekiston Respublikasining nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish borasida har olti yilda YuNESKOga taqdim etiladigan hisobotlarini tayyorlash vazifalari yuklansin.
3. Belgilansinki, Davlat dasturini moliyalashtirish bilan bog‘liq xarajatlar Davlat byudjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida, shuningdek, homiylar mablag‘lari va byudjetdan tashqari boshqa mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYoEV
Toshkent sh.,
2010 yil 7 oktabr,
222-son