1996 - Amir Temur yili
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
1996 yilni «Amir Temur yili» deb e’lon qilish to‘g‘risida
Buyuk davlat arbobi Amir Temur tug‘ilgan kunning 660 yilligi munosabati bilan mamlakatimiz jamoatchiligidan tushayotgan ko‘plab takliflarni inobatga olib, uning davlatchilikni barpo etishdagi, fan, ta’lim va madaniyat taraqqiyotidagi ulkan hissasini nazarda tutib, YuNESKO Bosh konferentsiyasining 1996 yilda Amir Temurning 660 yilligi jahon jamoatchiligi tomonidan keng nishonlanishi to‘g‘risidagi qaroriga e’tiboran xalqaro va respublika miqyosida tadbirlar o‘tkazilayotganligini hisobga olib, O‘zbekiston fuqarolarining, yosh avlodning milliy iftixor va vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada rivojlantirish maqsadida, 1996 yil «Amir Temur yili» deb e’lon qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995 yil 26 dekabr,
PF-1333-son