Andijon viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi tomonidan keksa otaxon va onaxonlarning Qo‘qon shahriga sayohati tashkil etildi
2015-10-12
Andijon viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi tashabbusi bilan “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi doirasida 45 nafar keksa otaxon va onaxonlarning Qo‘qon shahriga sayohati tashkil etildi.
Viloyat korxona va tashkilotlarida fidokorona mehnat qilib, bugungi kunda keksalik gashtini surayotgan otaxon va onaxonlardan iborat sayohatchilar Qo‘qon shahridagi tarixiy obidalar hamda mustaqillik yillarida shaharda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdilar.
Sayohat yakunida nuroniylarimiz bugungi tinch, xotirjam va farovon hayotimizga shukronalik keltirib, duolar qilishdi.