BMT Bosh Kotibi bilan uchrashuv
2015-09-28
2015-yilning 25-sentabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-York shahridagi shtab kvartirasida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar Vaziri Abdulaziz Kamilov BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va BMT hamkorligining istiqbolli yo‘nalishlari, Bosh Assambliyaning yubiley 70-sessiyasi kun tartibi masalalari hamda 2016-2030-yillar uchun Barqaror rivojlanish maqsadlari to‘g‘risidagi umumlashtirilgan ma’ruzasining taqdim etilgan loyihasiga O‘zbekiston tomonining takliflari muhokama qilindi.
O‘zbekistonga, jumladan Orolbo‘yiga bir necha bor tashrif buyurgan Pan Gi Mun Orol dengizi ekologik falokatning salbiy oqibatlarini kamaytirish bo‘yicha mamlakatimizning sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.