“O‘ZBEKISTON HAVO YO‘LLARI” MILLIY AVIAKOMPANIYASIDA JORIY YILNING OLTI OYI BO‘YICHA FAOLIYAT NATIJALARI SARHISOB QILINDI
2015-08-03
2015-yilning birinchi yarim yilida “O‘zbekiston havo yo‘llari” samolyotlari orqali 11575 ta qatnov bajarildi. Milliy aviakompaniya xizmatlaridan 1 mln.235 ming yo‘lovchi foydalandi.
MAK joriy yilning mart oyidan yuk samolyotlariga qaytadan jihozlangan ikkita Boyeng samolyotlari ekspuatatsiyasini boshladi, bu “Navoiy” XILM orqali yuk tashuvlari hajmini oshirish imkonini berdi. Toshkent-Minsk-Toshkent muntazam qatnovi ochildi. Aviakompaniya xodimlari tomonidan turistlar oqimini jalb qilish va O‘zbekistonda turizmni rivojlantirisga qaratilgan ishlar olib borildi.
Respublikamiz rahbariyati tomonidan qabul qilingan qarorlarga muvofiq MAK da 12 ta investitsion loyihalar amalga oshirilmoqda. Ularda samolyotlar parkini yangilash, Boeing 787 Dreamlinerga texnik xizmat ko‘rsatish uchun angar va “Toshkent-4” yangi yo‘lovchi terminalini qurish, aeroportlarning yer usti infratuzilmasini rivojlantirish va ularni maxsus aeroport texnikasi va texnik vositalar bilan jihozlash ko‘zda tutilgan.
MAK bo‘linmalarida parvozlar xavfsizligini boshqarish tizimini va sifat menejmenti tizimini joriy etish maqsadida bir qator tadbirlar amalga oshirildi. IOSA talablariga muvofiq qo‘llanma hujjatlarga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritildi. Taqdimot marosimlari o‘tkazildi, mas’ul mutaxassislar xavfli omillarni aniqlash, xavfni baholash va ularni kamaytirish bo‘yicha o‘qitildi.