2017 yil 5 sentyabr kuni Buxoro davlat universitetida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari M.Inoyatov Buxoro viloyatidagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

2017-09-07

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri tomonidan tasdiqlangan va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi bilan kelishilgan “Oliy ta’lim tizimida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi”ning 2-bandi asosida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda har oyda kamida bir marotaba yoshlar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazish tizimi joriy etildi.

Ochiq muloqotda Buxoro davlat universiteti, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, Buxoro davlat tibbiyot instituti rektorlari, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Buxoro filialining direktori hamda professor-o‘qituvchi va talabalari ishtirok etdi. Tadbir ko‘tarinki ruhda, qizg‘in savol-javob tarzida bo‘lib o‘tdi.