Adliya vaziri bilan yoshlar o‘rtasida ochiq muloqat: muammo va yechimlar

2017-08-31

Joriy yilning 28 avgust kuni «Yoshlar markazi»ning katta majlislar zalida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligining tashabbusi bilan O‘zbekiston «Yoshlar ittifoqi» Qoraqalpog‘iston Respublikasi tuman (shahar) bo‘limlari yetakchilari, ta’lim muassasalarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ul xodimlari, bir qator yoshlar va ommaviy axborot vositalari vakillarining ishtirokida «Yoshlarimizga e’tibor – kelajakka e’tibor» ochiq muloqatshaklidagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Darhaqiqat, bugungi kun uchun dolzarb xamda davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan yoshlar siyosati davlatimiz siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Chunki, bugungi kunda respublikamizning 64 %ini ushbu yoshlar qatlamitashkil etmoqda.

Shu o‘rinda, yoshlarning ma’nan va jismonan rivojlanishi, amaliyotda ularning o‘rni va roliniyanada mustahkamlash, ularni har tomonloma ijtimoiy himoya qilinishini ta’minlash, vatan oldida vatanparvarlik g‘ururi bilan tarbiyalash, keksa avlodga hurmat ruhida bo‘lish, shuningdek yoshlarni «ommaviy madaniyat» xavflaridan himoya qilish g‘oyat ahamiyatli masalalardan biri.

Bu o‘rinda bugungi kungacha davlatimizda ushbu sohadagi ijtimoiy huquqiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan bir qator huquqiy hujjatlar qabul qilingan.

Jumladan, «Ta’lim to‘g‘risida»gi, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi, «Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida»gi, «Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida»gi qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 19 martdagi «Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish va mustahkamlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF–3864 son, 2007 yil 18 maydagi «Yosh oilalarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF–3878 son farmonlari, Oliy o‘quv yurtlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlari berish to‘g‘risidagi (Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 26 iyuldagi 318 son qarori) hamda Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni turarjoylar bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi (Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 2 avgustdagi 164 son qarori) nizomlari tasdiqlangan Hukumat qarorlari va boshqalar buning yorqin misoli bo‘lib xizmat qiladi.

Shuningdek,adliya vazirining 2017 yil 7iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5iyuldagi 180 um-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5iyuldagi PF-5106 son «Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida»giFarmonining ijrosini ta’minlash maqsadida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi rahbarlarining yoshlar bilan ochiq muloqatlarini O‘zbekiston «Yoshlar ittifoqi»ning Qoraqalpog‘iston Respublikasituman (shahar) Kengashlari hamda ta’lim muassasalarida o‘tkazib borish yuzasidan har oylik Reja grafigi ishlab chiqilib,tasdiqlangan.

Bunday tadbirlarning o‘tkazilishidan ko‘zlangan maqsad Adliya vazirligi tomonidan yoshlarimiz hayotiga, xususan shaharimizdan uzoq-uzoq hududlarda joylashgan yoshlarimizning ichiga yanada kirib borish, ularning taklif va fikrlarini hisobga olish, shuningdek ularda mavjud bo‘lgan hamda o‘z yechimini kutayotgan masala va muammolarning qonuniy asoslarda hal qilinishini ta’minlashdan iborat.

Shu bilan bir qatorda, yoshlarni davlatimiz tomonidan qabul qilinayotgan qonunlardan, jamiyatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli isloxatlarning mazmun-mohiyatidan o‘z vaqtida xabardorligini ta’minlash, shu bilan birgalikda ularni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligining davlat oldidagi vakolatlari va vazifalaridan xabardor qilishdan iborat.

Xulosa o‘rnida shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, yoshlar bilan bunday ochiq muloqotlarning nafaqat bugungi kun bilan cheklanmasdan, har oyda muntazam ravishda barcha tuman (shahar)larda davom etadiva butun Respublika miqyosidagi yoshlarga bevosita tegishli bo‘lgan muammo va masalalar o‘rganib chiqilishi nazarda tutilmoqda.