Prezident Olmaliq shahar aholisi bilan muloqot qildi
2017-08-14
Shavkat Mirziyoyev Olmaliq shahrining ko‘chalarida yurib, halq bilan muloqot qildi. Suhbat davomida fuqarolar olib borilayotgan islohatlar va mavjud muammolarni hal qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar uchun Prezidentga minnatdorchilik bildirdilar.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining mis eritish fabrikasi va maxsus sexida bo‘lib, ish jarayoni bilan tanishdi.
Shundan so‘ng, Prezident kombinatning majlislar zalida shahar yoshlari va jamoatchilik vakillari bilan uchrashdi. Olmaliq shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, yangi ish o‘rinlari yaratish masalalari muhokama qilindi.