Bektemir tumanida sayyor qabul tashkil etildi
2017-08-02
Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘i A.Safayev joriy yil 27-iyulda Bektemir tumanida jismoniy shaxslarni va yuridik shaxs vakillarini sayyor qabulini amalga oshirdi.
Sayyor qabulda tumanda faoliyat ko‘rsatayotgan “MED EXPRESS” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori G.Yakubova meditsina sohasida xizmat ko‘rsatishi va litsenziya olishi masalasida murojaat etdi. MChJ direktori G.Yakubovaga bu borada tushuntirishlar berildi va sayyor qabul jarayonida ishtirok etgan tuman “yagona darcha” markazi mas’ullariga litsenziya masalasida ko‘rsatma berildi.
Shuningdek, “TURABEK ELIT” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori M.Turayev jamiyat faoliyati uchun elektr energiyasi ta’minotiga ulanishi masalasida murojaat etdi. MChJ direktori M.Turayevga elektr energiyasi ta’minotiga ulanishi yuzasidan zarur bo‘lgan hujjatlar haqida unga ma’lum qilindi.
“MARJON MOLDING” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori A.Diyarov mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq soliqdagi imtiyozlar, reklamani joylashtirish masalasida tushuntirishlar so‘rab murojaat etdi. Jamiyat direktori A.Diyarovga mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq soliqdagi imtiyozlar, reklamani joylashtirish masalasida tushuntirishlar berildi.
Bundan tashqari, “Farruxjon savdo” oilaviy korxonasi rahbari F.Toxirov og‘zaki murojaat etib, umumiy ovqatlanish xizmati uchun ruxsatnoma olishi zarurligini ma’lum qildi. Korxona rahbari F.Toxirovga bu borada tushuntirishlar berilib, ruxsatnoma masalasida “yagona darcha” markazi mas’ullariga ko‘rsatma berildi.
Sayyor qabul jarayonida ishtirok etgan jismoniy shaxslarga, yuridik shaxs vakillariga Toshkent shahar adliya boshqarmasi rahbariyatining qabul kunlari, boshqarmada tashkil etilgan “ishonch telefon”i, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Halq qabulxonalariga murojaat qilishi mumkinligi borasida ma’lumot bildirib o‘tildi hamda boshqa qiziqtirgan savollar yuzasidan amaldagi qonun hujjatlariga asosan tushuntirishlar berildi.