INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGINING HAY'AT MAJLISI
2015-08-01
Intellektual mulk agentligining 2015 yil I yarim yillik yakunlariga bag`ishlangan Hay'at majlisi o`tkazildi.
2015 yil I yarim yil uchun belgilab berilgan ustuvor vazifalarning bajarilishi, Vazirlar Mahkamasi tomonidan va Agentlikning tasdiqlangan ish rejalari ijrosini ta'minlash natijasida bir qator ijobiy natijalarga erishilganligi qayd etib o`tildi.
Agentlikda 2015 yil I yarim yil mobaynida jami ishlab chiqarish hajmi 11 272,2 mln. so`mni, o`tgan yilning shu davriga nisbatan o`sish 128,4 % ni tashkil etdi. Ko`rsatilgan xizmatlar hajmi jami 591,1 mln so`mni, 2014 yilning shu davriga nisbatan o`sish 136,8 % ni ko`rsatdi.
Agentlik tomonidan intellektual mulk ob'ektlariga huquqiy muhofaza olish uchun 3296 ta talabnoma qabul qilindi, o`tgan yilgi shu davr bilan qiyoslaganda, o`sish 9,5% ni tashkil etdi. Shu jumladan, ixtirolarga - 264 ta, foydali modellarga - 103 ta, sanoat namunalariga - 106 ta, tovar belgilariga - 2 538 ta, seleksiya yutuqlariga - 16 ta, EHM uchun dasturlar bo`yicha - 261 ta, ma'lumotlar bazasi bo`yicha - 8 ta talabnomalar qabul qilindi.
Intellektual mulk ob'ektlariga huquqiy muhofaza olish uchun 3440 ta talabnomalar bo`yicha davlat ekspertizasi o`tkazildi. Davlat reestrlarida 1355 ta intellektual mulk ob'ektlari ro`yxatga olinib, 1 152 ta muhofaza hujjatlarining amal qilish muddatlarini uzaytirish va kuchda saqlab turish to`g`risidagi rasmiy iltimosnomalar qanoatlantirildi.
Kontrafakt mahsulot aylanmasiga qarshi kurash bo`yicha intellektual mulk ob'ektlaridan noqonuniy foydalanishning oldini olish yuzasidan joylarda qonunchilik talablariga rioya qilinishi bo`yicha aholi gavjum joylar, bozorlar, savdo komplekslari va shoxobchalarda 475 ta qonunbuzilish holatlari aniqlandi.
Hisobot davrida 165 941 ta audiovizual mahsulotlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlar bo`yicha 140 ta ekspert xulosalari berilib, ularning umumiy qiymati 1 694 547 000 so`mni tashkil qildi.
Intellektual mulk Agentligi Hay'at majlisi tomonidan ko`rib chiqilgan masalalar bo`yicha qarorlar qabul qilindi.