JORIY YILNING BIRINCHI YARMIDA “O‘ZSANOATQURILISHBANK” KASSALARIGA JAMI 854 MLRD.SO‘M NAQD PUL QABUL QILINDI

2015-07-31

Naqd pul mablag‘larini bankdan tashqari aylanmasini qisqartirish, bank kassalariga naqd pul tushumini ko‘paytirish va birinchi darajali ijtimoiy to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lash maqsadida, bugungi kunda bank tizimida 51 ta jamg‘arma kassa, 45 ta maxsus kassa, 155 ta turli to‘lovlarni qabul qiluvchi shoxobchalar faoliyat yuritmoqda.

Joriy yilning I-yarim yilligida bank kassalariga jami 854 mlrd.so‘m naqd pul qabul qilinib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 89 mlrd.so‘mga yoki 12 foizga oshdi.

Jumladan, savdo tushumi o‘tgan yilga nisbatan 15 foizga yoki 59 mlrd. so‘mga oshib 445 mlrd. so‘mni, pullik xizmatlardan tushumlar 150 mlrd. so‘mni tashkil qildi.

Naqd pul tushumlarining 332,5mlrd. so‘mi birinchi darajali to‘lovlarga hamda 54,6 mlrd. so‘mi monitoringga olingan korxona va tashkilotlar ish haqi to‘lovlariga yo‘naltirildi.