Tadbirkor huquqlari tiklandi
2017-02-23
“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” doirasida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushayotgan har bir murojaat alohida yondashuv va o'rganishlar asosida puxta tahlil etilmoqda.
Davlat raqobat qo'mitasiga Farg'ona viloyatida faoliyat ko'rsatuvchi “Quva tekstilь” MCHJ QK tomonidan elektr ta'minotidagi ogohlantirishsiz uzilishlar yuzasidan murojaat kelib tushdi.
Mazkur murojaat asosida o'tkazilgan o'rganish davomida murojaatda ko'rsatilgan holatlar o'z tasdig'ini topdi. Bundan tashqari, hududiy elektr ta'minoti korxonasi hamda “Quva tekstilь”MCHJ QK o'rtasida tuzilgan elektr ta'minoti shartnomasiga qo'shimcha tuzilgan kelishuvda iste'molchining huquqlarini kamsituvchi, elektr ta'minoti korxonasi javobgarligini chegaralovchi holatlar kiritilganligi aniqlandi.
Qo'mitaning Farg'ona viloyat hududiy organi hamda Adliya boshqarmasi tomonidan olib borilgan ishlar natijasida korxona elektr ta'minoti yaxshilandi, iste'molchining huquqlarini kamsituvchi, elektr ta'minoti korxonasi javobgarligini chegaralovchi holatlar aks ettirilgan elektr ta'minoti shartnomasiga qo'shimcha tuzilgan kelishuv bekor qilindi.