Parlament vakillariga saylovchilarning ishonchi ortmoqda

2017-02-06

“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarining hududlarda aholi bilan uchrashuvlari davom etmoqda. Parlament vakillarining xonadonlarga tashrif buyurib, aholining hayoti bilan tanishishi, mavjud muammolarni o‘rganib yechimini topayotgani saylovchilarda xalq vakillariga bo‘lgan ishonchni oshirmoqda.

Andijonning Shahrixon tumanidagi mahallalarda davom etayotgan bu tadbirda parlamentdagi “Adolat” SDP fraksiyasi a’zolari Alisher Qayumov va Muxarram Dadaxadjayevalar ham faol ishtirok etmoqda. Ularning xonadonlardagi suhbatlari fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksalishi va faolligining oshishiga xizmat qilmoqda.

Deputat Alisher Qayumov navbatdagi bir kunning o‘zida 23 ta xonadon va hududdagi bir qator ijtimoiy ob’ektlarda bo‘ldi. Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan muammolarning aksariyati o‘z joyida hal etildi.

Yangi turmush va Qoziqo‘rg‘on mahallalarida yashovchi fuqarolar Mansurbek Karimov va Marg‘uba Mehmonova tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yib, xonadonida chorvachilik bilan shug‘ullanish istagida edi. Biroq bu borada ular aniq tushunchaga ega emas. Deputat davlatimz tomonidan yaratilgan sharoyitlar va bank muassasalarining iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashi xaqida aniq ma’lumot berdi. Shu kunning o‘zida «Xalq banki» Shahrixon tuman bo‘limi tomonidan M.Karimovga 7 million va M.Mehmonovaga 14 million 900 ming so‘m kredit rasmiylashtirildi. Bu bilan fuqarolar ish bilan band bo‘ldi.

Deputatning ko‘magi boshqa fuqarolarni ham tadbirkorlikka boshladi. Moliya muassasalariga shu kuni o‘ndan ortiq fuqaro kredit masalasida ariza bilan murojaat qildi va moliyalashtirish boshlandi.

Og‘alik mahallasida yashovchilarni keyingi vaqtda hududdagi zovurlarni chopilmayotgani va buninshg natijasida zax suvlar ko‘payib borayotgani qiynar edi. Fuqaro Xalimjon Akbarov xonadonida bo‘lgan suhbatda ayni shu masala ko‘tarildi. X.Akbarov ayni shu masalada yordam ko‘rsatishligini so‘radi. Deputat A.Shadmonov chindan ham bu hal etilishi zarur masala ekanligini e’tirof etdi. Tegishli tashkilotga ko‘rsatma berildi va Shahrixon tuman kengashi deputati B.Xalimov zimmasiga nazorati yuklandi.

- Davlatimiz tomonidan aholining turmush farovonligini oshirish eng dolzarb vazifaga aylandi,-deydi Tegirmonboshi ko‘chasida yashovchi Abduqaxxor Umarov.- Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengash deputatlarining xonadonlarga tashrifi bu borada yanada quvonarli. Chunki biron bir oila ularning e’tiboridan chetda qolmayapti. Mahallalardagi muammolar ham o‘z yechimini topmoqda.

Ta’kidlanganidek, ichki ko‘chalarni ta’mirlash, suyultirilgan gaz balloni yetishmasligi, ichimlik suvi va elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlar kabi fuqarolar bildirgan muammolar xal etilmoqda. Bu kelgusida xalqimiz hayotining yanada yaxshilanishiga xizmat qilish bilan birga fuqarolarning vakillik institutlariga bo‘lgan ishonchini oshiradi.