Birinchi yarim yillikda 251,9 milliard so`mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi
2015-07-27
2015 yilning yanvar-iyun oylarida shisha va chinni sanoati korxonalari tomonidan 251,9 mlrd. so`mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi, bu o`tgan yilning shu davriga nisbatan 114,5 foizni tashkil etdi, deb xabar beradi Davlat statistika qo`mitasi Axborot xizmati.
Tarmoqning yirik korxonalari tomonidan, o`tgan yilning tegishli davriga nisbatan, quyidagi mahsulotlar turlarining ishlab chiqarish hajmlari oshgan: listlangan shisha (2014 yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 145,9 foiz), boshqa ko`p qatlamli xavfsiz (parchalanmaydigan) shisha (118,9 foiz), shisha ampulalar (8,1marta).