Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 2016 yilning 11-oyi davomida “oʻzmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasi tomonidan bajarilgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumot
2016-12-27
I. Davlat Dasturining bajarilishi
Melioratsiya va boshqa suv xoʻjaligi ishlarini bajarishiga ixtisoslashtirilgan suv xoʻjaligi ekspluatatsiya va pudrat tashkilotlarini, shuningdek, suv istʼemolchilarining faoliyatini qoʻllab quvvatlash borasida Kompaniya tomonidan Davlat dasturi asosida Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi buyurtmasiga koʻra Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 2016 yilda jami qiymati 41,2 mlrd soʻmlik 140 dona zamonaviy texnika xarid qilish rejalashtirilgan, shundan 60 dona zamonaviy ekskavator, 21 dona buldozer va 59 dona boshqa texnika va mexanizmlar. Shuningdek, joriy yilda Kompaniya oʻz mablagʻlari hisobidan qiymati 12,5 mlrd soʻmlik 30 dona zamonaviy texnikalarni xarid qilib, lizing oluvchilarga yetkazib berish rejalashtirilgan.
Joriy yilning 1 oktyabr holatiga davlat dasturi boʻyicha texnikalarni xarid qilish yuzasidan texnikalar qiymatining 85 foizi miqdorida 37,6 mlrd.soʻm moliyalashtirish uchun Jamgʻarmaga buyurtmanomalar berildi va Jamgʻarma tomonidan 26,7 mlrd soʻm mablagʻ moliyalashtirib berildi.
Oʻz navbatida, Jamgʻarmadan texnikalar xaridi boʻyicha olingan qarz mablagʻlari boʻyicha Jamgʻarmaga 24,6 mlrd.soʻm qaytarildi.
2016 yilning 9 oyligi davomida davlat dasturi boʻyicha 51 dona va Kompaniya oʻz mablagʻlari hisobidan 16 dona texnika xarid qilinib, shundan 36 dona texnika lizing oluvchilarga yetkazib berildi.
II. Kompaniya faoliyatini takomillashtirishda Hukumat topshiriqlarining bajarilishi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Joriy yilning I-yarim yilligida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga moʻljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustivor vazifalarini amalga oshirilishini baholash toʻgʻrisida”gi 2016 yil 15 iyuldagi 3- sonli bayoni ijrosini taʼminlash boʻyicha joriy yilda rejada belgilangan texnikalar xaridini joriy yilning oktyabr oyiga qadar yakunlash xamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Melioratsiya Jamgʻarmasini boshqarish departamenti va viloyatlar xokimliklari bilan birgalikda lizing oluvchilar tomonidan lizing toʻlovlarini oʻz vaqtida qaytarilishi boʻyicha tarmoq jadvali ishlab chiqildi va toʻlovlarni oyma-oy oʻz vaqtida toʻlab borilishi nazoratga olindi.
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2013-2020 yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasining milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturining ijrosi toʻgʻrisda”gi 2016 yil 10 maydagi 47-sonli bayoni ijrosini taʼminlash boʻyicha Kompaniyada 2015-2020 yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini kengroq tadbiq etish va rivojlantirish boʻyicha dasturi ishlab chiqildi va vazifalar belgilab olindi. Jumladan, Kompaniya faoliyati boʻyicha davlat xizmatlarini toʻliq xatlovdan oʻtkazilib, ularning reglamentlarini Yagona Davlat xizmatlari reyestriga sifatli va toʻliq taqdim qilindi. Shuningdek, muntazam ravishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilinganlik holati boʻyicha reyting baholarini yanada oshirish yuzasidan tegishli choralar koʻrib borilmoqda hamda yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali kelib tushayotgan aholi va tadbirkorlik subʼektlarining murojaatlarini oʻz vaqtida koʻrib chiqilib, ijrosi toʻliq nazoratga olingan.
Internetdagi rasmiy veb-saytda amalga oshirilayotgan ishlar, tarkibiy va kadrlarga oid oʻzgarishlar, qabul qilingan qarorlar, sohaga oid ilmiy yangiliklar va tavsiyalarni doimiy ravishda yoritib borilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 19 apreldagi “2013-2017 yillar davrida sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish toʻgʻrisida”gi 1958-sonli qarori bilan tasdiqlangan Davlat dasturini Namangan va Fargʻona viloyatlarida ijrosini oʻrgani uchun Vazirlar Mahkamasining ishchi guruhi tarkibida Kompaniya xodimlari ishtirok etib, lizingga berilgan texnikalardan maqsadli va samarali foydalanish yuzasidan monitoring oʻtkazdilar.
Suv resurslaridan tejamkor foydalanish imkonini beruvchi tomchilatib sugʻorish jamlamalari, egiluvchan quvurlar va lazerli yer tekislagich mexanizmlar xarid qilish boʻyicha yektazib beruvchilar bilan shartnoma imzolandi.
III. “Oʻzmeliomashlizing” DLKning moliyaviy-iqtisodiy holati.
Kompaniyaning moliyaviy-iqtisodiy faoliyati oʻtgan davrlarga nisbatan yaxshilanib kelmoqda. Kompaniyaning bugungi kundagi lizing operatsiyalari boʻyicha aktivlari 289 374,0 mln soʻmdan iborat.
2016 yilning 1 oktyabr holatiga lizing portfelida yetkazib berilgan texnikalar soni 2068 dona va portfeldagi umumiy lizing qiymati 355 984,0 mln soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilga nisbatan solishtirganda oʻsish surʼati (29,1 mlrd soʻm) 109 foizni tashkil qildi. 2016 yil yanvar-sentyabr oyi davomida lizing xizmatidan olingan daromad 3907,0 mln soʻmni tashkil etadi.
2016 yilning 9 oyi davomida jami qiymati 39 844,0 mln.soʻmlik 148 dona texnika lizing oluvchilarga yetkazib berilgan yoki koʻrsatilgan xizmatlar hajmi oʻtgan yilning ushbu davri bilan solishtirganda koʻrsatilgan xizmatlar hajmi 9 189,0 mln soʻmga kamaygan.
IV. Lizing toʻlovlari boʻyicha qarzdorliklarni undirilishi.
Lizing oluvchilar tomonidan 2016 yilning yanvar-sentyabr oylari davomida Kompaniya hisob raqamiga lizing toʻlovlari boʻyicha 34 114,5 mln. soʻm mablagʻ, shu jumladan 14 382,6 mln. soʻm oldindan 15 % boʻnak toʻlovlari va 19 731,7 mln. soʻm lizing toʻlovlari tushirilgan.
Lizing toʻlovlari boʻyicha tushumlarning ortib borishiga qaramasdan, ayrim lizing oluvchi davlat unitar korxonalari, irrigatsiya tizim boshqarmalarining yetkazib berilgan texnikalar uchun hisoblangan lizing toʻlovlari boʻyicha qarzdorliklari hamon saqlanib qolmoqda. Qarzdorliklarni uzish boʻyicha Qishloq va suvxoʻjaligi vazirligi, viloyat xokimliklari va irrigatsiya tizim havza boshqarmalariga bir necha bor yozma murojat qilininishiga qaramasdan lizing toʻlovlari boʻyicha qarzdorlikni qisqartirish borasida olib borilgan ishlari qoniqarsiz qolmoqda.
Joriy yilning yanvar-sentyabr oylari davomida lizing toʻlovlari boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlikka yoʻl qoʻygan 26 ta davlat unitar korxonalaridan mavjud qarzdorliklarini undirish uchun xoʻjalik sudlariga hujjatlar rasmiylashtirilib berildi.
Koʻrilayotgan barcha tadbirlarga qaramay, lizing oluvchilarning Kompaniya oldidagi lizing toʻlovlari boʻyicha qarzdorliklari 2016 yilning 1 oktyabr holatiga 4 158,4 mln. soʻmni shundan toʻlov muddati oʻtgan qarzdorlik 2459,6 mln.soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilga nisbatan 1 575,9 mln.soʻmga yoki 27,4 foizga kamaytirishga erishilgan. Qarzdorlikni umumiy portfeldagi ulushi 1,23 foizni tashki qilgani holda oʻtgan yilning shu davriga nisbatan bu koʻrsatkich 0,63 foizga kamaygan.
Xususan katta qazdorlik Samarqand viloyati boʻyicha 648,8 mln.soʻm, Sirdaryo viloyati boʻyicha 648,6 mln. soʻm, Toshkent viloyati boʻyicha 621,5 mln. soʻm, Surxondaryo viloyati boʻyicha 590,0 mln. soʻm, Xorazm viloyati 402,7 mln.soʻmni tashkil etadi.
V. Meliorativ texnikalarga servis xizmati koʻrsatish.
“Meliomashlizingservis” shoʻʼba korxonasi tomonidan joriy yilning yanvar-oktyabr oylari davomida lizingga berilgan texnikalarga 4500,0 mln soʻmlik servis xizmatlari koʻrsatildi.
Texnikalardan oqilona va samarali foydalanishni nazorat qilish maqsadida texnika ishlab turgan joyni onlayn rejimida koʻrsatib turuvchi GPS kurilmalari joriy yilning 9 oyi davomida 36 dona texnikalarga oʻrnatilidi.
VI. Kompaniya xodimlarini malakasini oshirish.
Kadrlar zahirasini shakllantirish uchun Kompaniyaga eng istiqbolli xodimlardan tanlangan nomzodlar roʻyxati har chorakda qayta koʻrib chiqib tasdiqlanadi.
Kompaniya boʻlim boshliqlarini boshqa boʻlimlarda ham rahbarlik qilishni oʻrganib chiqishini koʻzda tutgan holda ularning ish oʻrinlarini rotatsiya qilish rejalashtirildi.
VII. Kompaniya da ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish.
Kompaniya tomonidan Mustaqillikning 25 yillik bayrami arafasida kompaniya xodimlarini zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlandi.
Kam taʼminlangan, nogiron va boquvchisini yoʻqotgan oilalarga xomiylik qilish uchun moddiy yordamga muhtoj 6 ta oilaga 17,5 mln.soʻm hamda markazlashgan holda Respublika zahira jamgʻarmasiga 30,0 mln.soʻm miqdorida mablagʻlar oʻtkazildi.
“Eng intizomli lizing toʻlovchi” va Eng yaxshi mashinist operator” hamda “eng sifatli va tezkor servis xizmati” nominatsiyalari boʻyicha tanlov oʻtkazilib, 8 ta gʻolibga qimmatbaho sovgʻalar va esdalik diplomlari Respublika televedeniyasi va matbuot xodimlari ishtirokida topshirildi.