"Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" Davlat dasturi uchun takliflar ishlab chiqilmoqda

2016-12-21

2016 yilning 17 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" Davlat dasturini ishlab chiqish va amalga oshirishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoyishi imzolangan edi.

Mazkur farmoyishda qator dolzarb yo‘nalishlar qatorida aholiga "yagona darcha" tamoyili bo‘yicha bir idora orqali ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish, ushbu jarayonlarga va davlat organlari faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, "elektron hukumat"ning samarali tizimini shakllantirish bo‘yicha ham muhim chora-tadbirlarni ishlab chiqish belgilab olingan.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida aholiga ko‘rsatiladigan interaktiv xizmatlarni yanada rivojlantirish, xalq bilan muloqotda yuqori texnologiyalaridan yanada samarali foydalanish imkoniyatini yaratish maqsadida, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida tashkil etilgan Ishchi guruh tomonidan Davlat dasturi uchun takliflar ishlab chiqilmoqda.