Onalik va bolalikning ishonchli himoyasi

2016-12-21

Buxoro viloyati perinatal markazida aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, bexatar onalik va bolalikni ta’minlash, har tomonlama sog‘lom avlodni dunyoga keltirish va ulg‘aytirish masalasi doimiy e’tiborda.

Zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan markazda 260 dan ziyod malakali shifokor va hamshira mehnat qilmoqda. Yaratilgan sharoitlar og‘ir tug‘ruqlarni samarali o‘tkazish, nuqsonli va nogiron bolalar tug‘ilishining oldini olishda kutilgan samarani bermoqda. 2016-yilning o‘tgan davrida bu yerda 10 ming 300 dan ziyod homilador ayol davolanib, 5 ming 502 nafar chaqaloq tug‘ildi.