FAZA 1 BO’YICHA SHARTNOMALARNING AMALGA OSHIRILISHI HAQIDA MALUMOT

2016-06-27

Prezidentining 28.02.2008 yildagi № PQ-804-sonli qaroriga hamda O’zbekiston Respublikasi va Osiyo Taraqqiyot Banki o’rtasidagi 2008 yil 14 aprelda imzolangan №2403-sonli zayom kelishuviga asosan, “POSCO Engineering & Construction Co. Ltd” (Janubiy Koreya) kompaniyasi tomonidan Xorazm viloyati va Qoraqolpog’iston Respublikasida olib borilayotgan 4-tasmali sement-beton qoplamali A-380 avtomobil yo’lining 490-581 km. qismida qurilish ishlari olib borilgan.

Qurilgan avtomobil yo’l barcha jahon ta’lablariga javob beradi. Bugungi kunda, avtomobil yo’lida har kuni yuk tashuvchi avtomobillarni qo’shgan holda 20 000 atrofida avtotransportlar harakat qilib kelmoqda. Avtomobil yo’li barpo etilgandan so’ng, bir joydan ikkinchi joyga harakatlanish vaqti qisqardi hamda yulovchi va yuk tashuvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratilmoqda.

Bundan tashqari, ushbu loyiha doirasida, A-380 “G’uzor-Buxoro-Nukus-Beynov” avtomobil yo’lning 876-916 (40 km) (Qoraqolpog’iston Respublikasi Qo’ngirot tumani) qismida Xitoyning “China Road & Bridge Corporation” (CRBC) kompaniyasi 40 kilometrlik ikki qatorli avtomobil yo’l qurishda ishtirok etgan.Ushbu loyihaning amalga oshirilishi Qo’ng’irot soda zavodi hamda mamlakatning sanoatlashgan va iqtisodiy markazlari yonidan o’tuvchi transport liniyasini rivojlantirdi.

Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi