O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 6 martdagi 2313-PQ-sonli yillarda qarori tasdiqlangan tadbirlari ijrosi bo’yicha ma’lumot
2016-06-27
Mamlakatimizda transport kommunikatsiyalari, zamonaviy telekommunikatsiya tizimlarini rivojlantirish, muhandislik-infratuzilma ob‘ektlarini barpo etish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Mamlakatimiz Prezidentining bugungi kundagi odilona siyosati, hususan “Sog‘lom ona va bola yili” davlat dasturi doirasida Respublika aholisi turmush darajasini oshirish, yashash uchun munosib turar joy, ijtimoiy-maishiy infratuzilmani yaratish, yangi turar joy binolarini qurish, zamonaviy yo‘llarni va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish borasida izchil chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
Bugungi kunda, Prezidentimiz tomonidan mamlakatimizda ijtimoiy, transport va muhandislik infratuzilmasini rivojlantirish, shaharlarning arxitekturaviy-rejali qurilishini tubdan yangilash kompleks chora-tadbirlari dasturini belgilab beradigan “2015 – 2019 yillarda injenerlik-kommunikatsiyasi va yo‘l-transport infratuzilmalarini modernizatsiyalash va rivojlantirish dasturi to‘g‘risida” gi Qarori (06.03.2015 yil, PQ-2313-sonli) qabul qilingan.
Mazkur dastur avtomobilь yo‘llarini qurish va rekonstruktsiya qilish, temir yo‘l va havo transportini yanada rivojlantirish, elektr va suv ta‘minoti tizimlarini modernizatsiyalash, iqtisodiyot tarmoqlariga ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish kabi keng ko‘lamli maqsad va vazifalarni qamrab olgan.
Dastur doirasida 4,0 ming.km.dan ziyod xo‘jaliklararo yo‘llar, qariyb 2,0 ming.km. shahar, qishloq va tuman markazlari ko‘chalari ta‘mirlanishi rejalashtirilgan.
Prezidentimiz qarori bilan tasdiqlangan Dasturlar ijrosini sifatli bajarilishini ta‘minlash maqsadida, 2016 yil davlat byudjeti parametrlarida mahalliy hokimliklar balansida bo‘lgan ichki yo‘llarni mukammal va joriy ta‘mirlash ishlari uchun jami 141,2 mlrd.so‘m mablag‘ ajratish ko‘zda tutildi.
Bugungi kunda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shaxar hokimliklari ichki yo‘llarni ta‘mirlash ishlariga mutasaddi idoralar, loyiha institutlari, davlat ekspertizasining hududiy boshqarmalari bilan birgalikda 2016 yil davlat byudjeti parametrlarida ko‘zda tutilgan mablag‘lar doirasida jami 1 363,7 km.uzunlikdagi ichki yo‘llarni ta‘mirlash bo‘yicha manzilli ro‘yxatlar shakllantirib, Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlandi.
2015-2019 yillarda muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish dasturi pirovard natijada mamlakatimiz sanoat salohiyatini va aholi farovonligini yanada oshiradi.