O’ZBEKISTON TIBBIY SANOAT KORXONALARI 313,0 MILLIARD SO’MLIK MAHSULOT ISHLAB CHIQARDI
2015-07-25
O’zbekiston tibbiy sanoat korxonalari 2015 yilning birinchi yarmida 313,0 milliard so’mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqardi, deb xabar beradi O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasining matbuot xizmati. Bu o’tgan yilning shu davridagiga nisbatan 27 foizga ko’pdir.
Sanoat ishlab chiqarishining umumiy hajmida mazkur mahsulotlarning salmog’i 0,8 foizni tashkil etdi.