Jizzaxda Davlat dasturining bajarilishiga qaratilgan matbuot anjumani tashkil etildi

2016-06-15

2016 yil 15 iyun kuni Jizzax viloyat hokimligi axborot xizmati tashabbusi bilan “Sog’lom ona va bola yili” Davlat dasturining bajarilishi, onalik va bolalik muhofazasi, oilalarda tibbiy madaniyat, reproduktiv salomatlik darajasini yanada oshirish va sog’lom turmush tarzi tamoyillari qaror toptirishda targ’ibot ishlarining olib borilishi xusususida” matbuot anjumani o’tkazildi.

Matbuot anjumanida viloyat hokimining o’rinbosari, Xotin-qizlar qo’mitasi raisi Gulnora To’rayeva, Do’stlik tumani hokimi o’rinbosari Ibrohim Xoljigitov hamda viloyat sog’liqni saqlash boshqarmasi boshlig’i Orif Ziyoyev ishtirok etdilar.

Matbuot anjumani avvalida viloyat hokimining o’rinbosari, Xotin-qizlar qo’mitasi raisi Gulnora To’rayevaning ma’ruzasi tinglandi.2016-06-15_142355

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 9 fevraldagi “Sog’lom ona va bola yili” Davlat dasturi to’g’risidagi PQ-2487-sonli qaroriga asosan viloyat hokimining 2016 yil 15 fevralda 83-sonli qarori qabul qilinib, viloyat dasturi tasdiqlangan. Mazkur dastur 11 ta bo’lim va 104 ta banddan iborat bo’lib, joriy yilda dastur ijrosini ta’minlash uchun jami 621,3 mlrd. so’m mablag’ yo’naltirilishi rejalashtirilgan.

Dasturning 2-yo’nalishi, ya’ni “Olis va chekka qishloq tumanlarida yashayotgan aholi, ayniqsa ayollar uchun zarur ijtimoiy, maishiy va tibbiy nuqtai nazardan zarur sharoitlar yaratish, qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosidagi zamonaviy uy-joylar, ijtimoiy infratuzilma ob’yektlarini barpo etish, qishloq aholisini toza ichimlik suv, tabiiy gaz bilan ta’minlash, xizmatlar ko’rsatish va servis darajasini yuksaltirish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish” bo’yicha 12 ta tumanda “Go’zallik saloni”, modalar atel’yesi, elektromaishiy texnikalar va oyoq kiyim ta’mirlashni o’z ichiga qamrab olgan namunaviy 12 ta maishiy xizmat komplekslarini tashkil etish yuzasidan tadbirkorlik sub’yektlari aniqlangan hamda ularga 1,7 ga yer maydonlari ajratish belgilangan bo’lib, loyiha smeta hujjatlari tayyorlanmoqda.

Jami 161 ta loyihalar amalga oshirilib 497 ta yangi ish o’rinlari yaratilgan.

Tibbiyot muassasalarining, jumladan perinatal va skrining markazlarning moddiy-texnika bazasini va kadrlar salohiyatini yanada mustahkamlash, oilaviy poliklinikalar va qishloq vrachlik punktlarining ish samaradorligini oshirish, patronaj tibbiyot hamshiralarining sonini ko’paytirishni ta’minlash, akusher-ginekologlar va bolalar shifokorlari malakasini oshirish yo’nalishida esa emlashlarning milliy kalendariga muvofiq viloyatdagi bolalarning kamida 99,6% profilaktik emlash bilan qamrab olinishi ta’minlandi.

Tahdid guruhiga kiruvchi 3680 bola orasida tuberkulin-diagnostika va diaskin-test sinovi o’tkazish chora-tadbirlari rejalashtirildi.

OIV/OITS tarqalishining oldini olish maqsadida viloyatda OIV-infeksiyasi yuqqan 46 nafar bola va 126 nafar katta yoshdagilarni virusga qarshi preparatlar bilan muntazam bilan ta’minlanmoqda.2016-06-15_142025

Maktabgacha yoshdagi (2-6 yosh) va maktab yoshidagi (7-10 yosh) bolalarni degel’mintizatsiya dasturi bilan 1350 nafar bolaga 1350 dona albezol tabletkasi bilan qamrab olindi. Vermoreks dori preparati bilan 2-6 yoshli 47348 nafar bola va 7-10 yoshli 90474 nafar bola degel’mintizatsiyasining 1-TURi o’tkazildi.

1 yoshgacha bolalar orasida rotavirus va pnevmokokkli infeksiyaga qarshi immunizatsiyalash monitoringi olib borilmoqda va immunizatsiya 99,9 foizni tashkil etdi.

Sog’lom avlod uchun jamg’armasi hamkorligida 2016 yil 17-18 mart kunlari «Friyedenzdorf interneyshnl» Germaniya Davlati tomonidan 42 nafar bolalar tibbiy ko’rikdan o’tkazilib, 3 nafarini Germaniyada davolash uchun taklif etildi.

Sog’liqni saqlash vazirligi va “Sen yolg’iz emassan” bolalar fondi aksiyasi 2016 yil 22-26 fevral’ kunlari o’tkazilib, jami 387 nafar bola tibbiy ko’rikdan o’tkazilib, 18 nafariga operatsiya qilindi.

Joriy yilning yanvar’ oyida viloyatda audioskrining o’tkazish bo’yicha 3 kunlik seminar tashkil etilib, 31 nafar neonatolog va LOR mutaxassislari o’qitildi.

Audioskrining qilish asosida chaqaloqlarda eshitish qobiliyati buzilishini barvaqt aniqlash maksadida 2297 nafar chaqaloqlarda audioskrining o’tkazilib, shundan 6 ta tug’ma karlik holati aniqlandi.

Neyrosensor qulog’i og’irlik va karlik kasaliga chalingan 3 nafar bola koxlear implantatsiya qilish uchun Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy pediatriya instituti tug’ma va orttirilgan LOR kasalliklari bo’limiga yo’llanma berildi.

Nikohga kiruvchi shaxslarni, eng avvalo, yuqumli va virusli kasalliklar (sil, OITS, teri-tanosil kasalliklari) yuzasidan tibbiy ko’rikdan o’tkazish sifati ustidan doimiy monitoring o’tkazilib, 3500 nafar nikohlanuvchi shaxslar ko’rikdan o’tkazildi.

Barvaqt nikohlarning oldini olish, yaqin qarindoshlarning nikohga kirishlarining oqibatlarini tushuntirish bo’yicha 20 ta manzilli ishlar olib borildi.2016-06-15_142103

2016 yil 5 oy davomida 3844 nafar nikohlanuvchi shaxslar ko’rikdan o’tkazildi.

Tug’ma va irsiy kasalliklarni barvaqt aniqlash 4103 nafar xavf guruhidagi homiladorlar o’tkazilib, shundan 104 nafarida har xil patologiyalar aniqlanib, o’rnatilgan tartibda homiladorligi to’xtatildi.

Viloyat ona va bola skrining markazini yuqori darajali raqamli ko’p maqsadli diagnostik ul’tratovush tizimi bilan jihozlandi.

Aholining tibbiy madaniyatini oshirish, sanitariya va gigiyena, homilador ayollarning sog’lig’ini saqlash va psixofiziologik ahvolini yaxshilash, yosh onalar va bolalarni tegishli tarzda parvarish qilish sohasidagi ishlarni kuchaytirish, ularning ovqatlanish ratsioni sifati va kaloriyasi yaxshilanishini ta’minlash yo’nalishi ijrosi bo’yicha 18 ming tonna un 19000 kilogramm fortifikat bilan fortifitsirlangan.

2800 kilogramm yodlangan tuz ishlab chiqildi.

Qishloq tumanlarida yashovchi 35402 nafar homilador ayollarni tarkibida shu jumladan foliy kislotasi mavjud bo’lgan umumiy sog’lomlashtiruvchi polivitaminlarning maxsus to’plamlari bilan ta’minlandi.

Yoshlar orasida jismoniy tarbiya va sportni keng ommalashtirish, yoshlarni, ayniqsa qishloq joylarda qizlarni sport bilan muntazam shug’ullanishga jalb etish, yangi sport ob’yektlarini qurish, ishlab turganlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy sport uskunalari va anjomlari bilan jihozlash, yuqori malakali trener kadrlar va murabbiylar bilan ta’minlash borasida quyidagi ishlar amalga oshirildi:

Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 11 dekabrdagi 356-sonli qaroriga asosan shahar va tumanlarda 13 ta bolalar-o’smirlar sport maktablari tashkil etilib ish faoliyatini boshladi.

Shuningdek, viloyat markazida 4 ta ixtisoslashtirilgan bolalar-o’smirlar sport maktab (IBO’SM)lari o’z ustavlari davlat ro’yxatidan o’tkazilib, Jizzax shahri, Navoiy ko’chasidagi “Universal” sport majmuasiga: Suv sportiga IBO’SM sport majmuasida, yakkakurash, sport o’yinlari va yengil atletika, gimnastikaga IBO’SMlar futbol arenasida joylashdi.

Joylarda mutaxassislar tomonidan o’rganish o’tkazildi va unga ko’ra aholi zich joylashgan massivlarda maydonchalar qurish bo’yicha viloyat hokimligining dasturi qabul qilinib, dasturga asosan 13 ta bolalar mini futbol maydonchalari qurish ishlari boshlab yuborildi.

Joriy yilning 5 oyida viloyat sportchilari 7 ta xalqaro, 37 ta respublika musobaqalariga qatnashdilar. Buning natijasida xalqaro musobaqalarda 1 ta oltin, 2 ta kumush, 2 bronza va Respublika musobaqalarida 22 ta oltin, 19 kumush, 27 bronza medallariga sazovor bo’ldilar.

Davlat dasturining bajarilishini monitoring qilish bo’yicha Xotin-qizlar qo’mitasi mas’ul etib belgilangan Mamlakatimizda tinchlik, osoyishtalik va farovonlikni yanada mustahkamlashning muhim sharti sifatida oilalarda sog’lom ma’naviy muhitni, xususan, o’zaro hurmat-ehtirom, er-xotin o’rtasida, ota-onalar bilan farzandlar, qaynona-kelin o’rtasida, qo’ni-qo’shnilar o’rtasida mehr-oqibat ruhini yaratish yo’nalishi bo’yicha “12 yillik majburiy ta’lim mening saodatim uchun” shiori ostida “Orasta qizlar” tanlovlari g’oliblari o’rtasida “Mahallaning eng orasta qizlari” viloyat tanlovini o’tkazish bo’yicha qo’shma qarori ishlab chiqilgan.2016-06-15_142141

Joriy yilning may oyida “Orasta qizlar” to’garak a’zolari tomonidan bir qator uchrashuvlar va tadbirlar bo’lib o’tdi. Jumladan, G’allaorol, Jizzax shahar, Zomin tumanidagi kasb-hunar kollejlari “Orasta qizlar” to’garak a’zolari tomonidan “Keksalari bor uyda fayzu baraka arimaydi”, “Kitob qizlar sarposini bezaydi” va 15-may xalqaro oila kuni munosabati bilan bir qancha ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv va loyihalar o’tkazildi.

“Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo’limi tomonidan 2016 yil 24 mart kuni “Mahalla markazi” da kam ta’minlangan oilalarning 5 nafar farzandlarining sunnat to’ylarini o’tkazib berildi. Joriy yilning 1 may kuni “Mahalla markazi” tadbirlar zalida 10 nafar “Mehribonlik” uyi tarbiyalanuvchilari hamda Forish, G’allaorol tumanlaridan 1 nafardan, Zafarobod tumanidan 3 nafar, Paxtakor tumanidan 2 nafar, Jizzax tumanidan 5 nafar, Jizzax shahridan 4 nafar jami 15 nafar mahallalarda istiqomat qiluvchi chin yetim, boquvchisi yo’q, ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan oila farzandlarining sunnat to’ylari o’tkazib berildi.

Qiz bolalarni – bo’lajak onalarni – jismonan sog’lom va intellektual rivojlangan tarzda voyaga yetkazish, ularning akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida albatta ta’lim olishini, zamonaviy bilimlar va kasb-hunarlarga ega bo’lishlarini ta’minlash, ularning hayotda munosib o’rin egallashlarida, kelajakda sog’lom va mustahkam oila qurishlarida asosiy shart hisoblangan hayotga bo’lgan mustahkam nuqtai nazarni va mustaqil fikrlashni shakllantirish yo’nalishida:

Viloyat Xotin-qizlar qo’zmitasi, “Qalb nuri” markazi hamda bir qator davlat va nodavlat tashkilotlari hamkorligida “Sog’lom oila – barqaror jamiyat” loyihasi doirasida Baxmal, G’allaorol va Jizzax tumanlarida 90 nafar kollej bitiruvchi qizlari va uy bekalari uchun tikuvchilik, kashtachilik, gilamdo’zlik, quroqchilik hunarlari bo’yicha “Ustoz-shogird” yo’nalishida o’quv kurslari tashkil etildi.

Viloyatdagi ta’lim muassasalari o’quvchi-qizlari o’rtasida “Barchinoy”, “To’maris avlodlari” sport musobaqalarini quyi maktab, kollej bosqichlari o’tkazildi. Musobaqalarda 117000 o’quvchilar ishtirok etdi.

3-bosqichli ayollar o’rtasida har yili an’anaviy tarzda o’tkaziladigan “Ayollar sport festivali”ning 1-shahar-tuman bosqichlari joylarda o’tkazilishi boshlab yuborildi. Viloyat bosqichi esa iyul’ oyida o’tkazilishi rejalashtirilgan.

Matbuot anjumanida so’z olgan Do’stlik tumani hokimi o’rinbosari Ibrohim Xoljigitov hamda viloyat sog’liqni saqlash boshqarmasi boshlig’i Orif Ziyoyevlar davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, xususan tibbiy xizmat sifatini oshirish borasidagi islohotlar to’g’risida so’zladilar.

Matbuot anjumanida jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.