Prezident Islom Karimov rasmiy tashrif bilan Moskvaga jo‘nab ketdi

2016-04-25

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 25-aprel kuni rasmiy tashrif bilan Moskvaga jo‘nab ketdi.

Tashrif davomida davlat rahbarlari O‘zbekiston – Rossiya hamkorligi rivojining dolzarb masalalarini muhokama qiladilar, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik ayrim muammolar yuzasidan fikr almashadilar.

Muzokaralar yakuni bo‘yicha O‘zbekiston bilan Rossiyaning turli sohalardagi o‘zaro hamkorligini yanada rivojlantirishga qaratilgan qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Manba: O'zA