2015 yilda viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari
2016-03-28
2015 yilda Yurtboshimiz tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalarning tizimli ravishda amalga oshirilishi natijasida iqtisodiyotning barqaror o‘sish sur’atlariga hamda aholi turmush darajasini izchil yuksalishiga erishildi.
2016 yilda iqtisodiy prognoz ko‘rsatkichlar quyidagicha belgilangan:
- yalpi hududiy mahsulotda - 8,4 foizga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda - 12,0 foizga, iste’mol mollari ishlab chiqarishda - 12,4 foizga, qishloq xo‘jaligida - 5,4 foizga, pudrat ishlarida - 8,5 foizga, chakana savdo aylanishida - 12,5 foizga va pullik xizmatlar ko‘rsatishda – 14,0 foizga o‘sishini ta’minlash lozim.
Hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘yicha barcha rejalarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi infratuzilma tarmoqlarini yuksak sur’atlar bilan rivojlantirishga uzviy bog‘liqdir.
Hisobot davrida sanoat mahsuloti ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan 2 trln. 352 mlrd. so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, o‘tgan yilga nisbatan qariyib 22 foizga o‘sishi ta’minlandi.
Mahalliylashtirish dasturiga asosan 2015 yilda 5 ta korxonada 7 ta loyihani amalga oshirish natijasida 25,5 mlrd. so‘m (reja topshiriqga nisbatan - 107,5%) miqdorida mahalliylashtirilgan mahsulot ishlab chiqarildi hamda 58,8 ming dollar miqdoridagi mahsulotlar eksport qilindi. Ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotdagi mahalliy xom-ashyo ulushi 55 foizgacha etkazildi va iqtisod qilingan valyuta miqdori 5,3 mln. dollarini tashkil etdi.
Xorazm viloyatini 2016-2018 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida sanoat yo‘nalishida 2016 yilda qiymati 954 mlrd. so‘mga teng 433 ta loyihalarni amalga oshirish natijasida 8 ming 510 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish, 2015-2016 yillarda ishga tushgan loyihalar hisobidan qo‘shimcha 550 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chaqarishni yo‘lga qo‘yish, faoliyat ko‘rsatib kelayotgan sanoat korxonalarini kamida 40 foizini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, joriy yilda mahalliylashtirish dasturiga kiritish uchun shahar va tumanlardan kamida 5 tadan loyihalar takliflarini olish va pasportlarini tayyorlab, Respublika idoralararo maxsus komissiyasiga taqdim etish ko‘zda tutilgan.
Viloyatning hududiy eksport topshirig‘i hisobot davrida 45,7 mln. dollarga yoki 105,6 foizga bajarildi. Ammo ushbu ko‘rsatkichni hududlar kesmida qaraganimizda, Urganch shahrida 2 ta, Gurlan, Qo‘shko‘pir, va Shovot tumanlarida 1 tadan korxona mahsulot eksport qilmagan.
Hisobot davrida viloyat mahalliy byudjetining daromadlari 683,9 mlrd. so‘mni tashkil etib, rejaga nisbatan 102,6 foizga yoki 17 mlrd. so‘mga ortig‘i bilan bajarildi.
Ammo hisobot yilida subventsiya oluvchi ayrim hududlarda ajratilgan subventsiya miqdori o‘tgan yilga nisbatan oshishiga yo‘l qo‘yildi. Jumladan, Qo‘shpir tumanida 5 mlrd. 374 mln. so‘mga oshib, subventsiya ulushi 58,4 foizdan 58,9 foizgacha, Xiva tumanida 3 mlrd. 417 mln. so‘mga oshib, subventsiya ulushi 39,3 foizdan 40,4 foizgacha, Yangibozor tumanida 3 mlrd. 100 mln. so‘mga oshib, subventsiya ulushi 56,1 foizdan 56,7 foizgacha o‘sgan.
Viloyatda er maydonlarining optimallashtirilishi natijasida yangidan 1464ta fermer xo‘jaligi tashkil etilib, ularning soni 5490 tadan 6049 taga etdi, buning natijasida 22,5 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari tashkil etildi.
Mamlakatimizda qabul qilingan qator qonunlar va qonunchilik hujjatlari huquqni muhofaza qiluvchi, nazorat organlari va ma’muriy tuzilmalarning tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuvini bartaraf etish uchun qat’iy tartib o‘rnatish va ana shu idoralarning rahbarlari hamda mansabdor shaxslarining javobgarligini oshirish bo‘yicha katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
Ishbilarmonlik va kichik biznes yuritishga qulay sharoit yaratish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida qator imtiyozlar yaratilib, tadbirkorlar har tomonlama qo‘llab-quvvatlanmoqda.
Viloyatda bu borada olib borilayotgan ishlar samarasi o‘laroq, 2015 yil yakunlarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi – 74,1 foizni sanoatda – 35,3 foizni, qishloq xo‘jaligida – 96,2 foizni, investitsiyada 58,8 foizni, qurilishda – 81,1 foizni, chakana savdoda – 81,7 foizni, pullik xizmat ko‘rsatishda – 52,0 foizni, eksportda – 45,2 foizni va aholi bandligida 82,5 foizni tashkil etdi.
Shunimng bilan birga, joriy yilning hisobot davrida tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini tartibga solish hamda ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qonun hujjatlariga rioya qilinishi yuzasidan Xorazm viloyat adliya boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida jami179 ta qonun buzilishlar aniqlangan.
Bu asosan davlat sanitariya-epidemiologiya nazorat markazlari (Normetov) tomonidan 110 ta (61,5 %), mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish idoralari (Qurbonov) tomonidan 33 ta (18,4%), Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspektsiyasi Xorazm viloyat bo‘linmasi (Saitov) tomonidan 16 ta (9%), viloyat yong‘in xavsizligi organlari (Ishchanov) tomonidan 10 ta (6%), "Sanotageokontexnazorat” inspektsiyasining viloyat mintaqaviy inspektsiyasi (Raxmatullaev) tomonidan 6 ta (3%) va "O‘zavtodaryotrans” agentliging viloyat hududiy bo‘limi (Yaqubov) tomonidan 3 ta (1,6%) holatda qonunbuzilishlarga yo‘l qo‘yilganligini ko‘rsatdi.
Aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan qo‘llanilgan ta’sir choralariga 20 nafar xodimning intizomiy javobgarlik masalasi, 1 nafar shaxsning ma’muriy javobgarlik masalasi hal etilgan. Shuningdek, 5 nafar xodim egallab turgan lavozimidan ozod qilingan.
Bundan tashqari, joriy yilning 1 yanvaridan boshlab viloyatimizning barcha hududlarida tadbirkorlik sub’ektlariga "yagona darcha” tamoyili asosida Davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlari faoliyat boshladi. Shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlarining muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishi bo‘yicha mutlaqo yangi mexanizm joriy etildi. Unga ko‘ra, ushbu tarmoqlar ishini yuritadigan tashkilotlarning hududiy korxonalariga texnik shartlarni olishdan tortib muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishgacha bo‘lgan barcha jarayonlarni amalga oshirib, ularni tadbirkorlarga tayyor holda topshirish vakolatlari berildi.
Viloyatda 2015 yilda moliyalashtirishning barcha manbaalari hisobidan 1 trln. 397 mlrd. so‘mlik (107,1%) kapital mablag‘lar o‘zlashtirildi, shundan, 1 trln 138 mlrd. so‘m (81,4%) markazlashtirilmagan hamda 260 mlrd. so‘m (18,6%) markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga to‘g‘ri keldi. Ushbu mablag‘larning 117 mlrd. so‘m xorijiy investitsiyalar tashkil etdi.
Ta’lim-tarbiya sohasini yanada isloh etish va takomillashtirish masalasida 2015 yilda 312 ta ob’ektning moddiy-texnik bazasini yanada rivojlantirish va mustahkamlash bo‘yicha qiymati 7,7 mlrd. so‘mlik ishlar amalga oshirildi, namunaviy loyihalar asosida qiymati 16,5 mlrd. so‘mlik 1 ta yangi umumta’lim maktabi barpo etildi, 10 ta maktab rekonstruktsiya qilinib, 11 tasi mukammal ta’mirlandi.
2015 yilda 11 ta tibbiyot muassasasini qurish, rekonstruktsiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash uchun qariyb 26,8 mlrd. so‘m mablag‘ sarflandi.
Viloyatda aholi salomatligini mustahkamlashning muhim va samarali omili bo‘lgan jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. 2015 yilda Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bolalar sporti inshootlarini qurish va rekonstruktsiya qilish bo‘yicha manzilli dasturni amalga oshirish doirasida umumiy qiymati 6 mlrd. so‘mdan ortiq 7 ta (Qo‘shko‘pir, Xazorasp, Xiva va Shovot tumanlarida) maktabda yangidan sport zallari qurib foydalanishga topshirildi, 2 ta (Xiva va Xazorasp tumanlarida) bolalar va o‘smirlar sport maktablari rekonstruktsiya qilindi va mukammal ta’mirlandi.
O‘tgan yil davomida "Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturini to‘liq amalga oshirish masalasi ham diqqatimiz markazida bo‘ldi. Davlat dasturida belgilangan tadbirlarni ijrosini ta’minlash maqsadida 189 mlrd. so‘m miqdorida mablag‘lar o‘zlashtirilib, dasturda belgilan tadbirlarning ijrosi to‘liq ta’minlandi.
Bandlik dasturiga asosan 60,6 mingtadan ziyod yangi ish o‘rinlari yaratildi, shundan 52,2 mingtasi qishloq joylarida yaratilgan bo‘lsada, Shovot (5,7%), Xonqa (5,6%) va Qo‘shko‘pir (5,3%) tumanlarida ishsizlik darajasi yuqoriligicha qolmoqda. Kasb-hunar ta’limi muassasalarini 2015 yilda bitirgan 26,0 ming nafar (99,7%) yoshlarning, shu jumladan 13,5 ming nafar qizlarning bandligi ta’minlandi va bitiruvchilarning o‘z biznesini tashkillashtirish uchun 15,6 mlrd. so‘m bank kreditlari ajratildi.
Muhtaram Prezidentimiz Islom Abdug‘anievich Karimov Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzalarida: "Biz ozod va obod Vatanimiz mustaqilligining qutlug‘ 25 yilligi keng nishonlanadigan 2016 yilga katta maqsad va rejalar bilan qadam qo‘ydik. Yangi tariximizning eng yorqin sahifasini tashkil etadigan ana shu buyuk sanaga har tomonlama munosib va salmoqli hissa qo‘shish O‘zbekistonning har bir fuqarosi uchun ulkan sharafdir” deb ta’kidlab o‘tdilar.
Xorazm viloyatida 2016 yilga belgilangan prognoz topshiriqlarini o‘z muddatida va sifatli ado choralari ko‘rilmoqda.
Manba: Хоrаzm vilоyati hоkimligi