Oila mustahkam – jamiyat barqaror
2016-03-26
Samarqand viloyati shahar va qishloqlarida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarining o‘z saylov okruglarida aholi bilan uchrashuvlari o‘tkazilmoqda.
Parlament quyi palatasi deputati, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosiSiddiq Namozovning Oqdaryo tumanidagi saylovchilar bilan uchrashuvida asosiy e’tibor “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi ijrosi, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar, qabul qilinayotgan qonunlar va ularning hayotga tatbiq etilishiga qaratildi.
– Prezidentimiz tomonidan 2016-yil 9-fevralda tasdiqlangan “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturida “Ona va bola sog‘lom bo‘lsa, oila baxtli, oila baxtli bo‘lsa, jamiyat mustahkam bo‘ladi” degan ezgu g‘oyani ifoda etadigan keng ko‘lamli chora-tadbirlar belgilangan, – deydi uchrashuvda deputat S.Namozov. – Xususan, oila, onalik va bolalikni muhofaza qilish, xotin-qizlar manfaatlarini ta’minlash, kuchli, barqaror va farovon davlat negizi sifatida oila institutini mustahkamlashga yo‘naltirilgan qonunchilik va me’yoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish maqsadida bir qator qonunlar, huquqiy-me’yoriy hujjatlar qabul qilish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, bir qator qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish ustida ish olib borilmoqda.
Uchrashuvda ayni paytda parlament quyi palatasida ishlab chiqilayotgan va muhokama etilayotgan qonunlarning mazmun-mohiyati, ahamiyati haqida atroflicha ma’lumot berilib, aholining takliflari eshitildi. O‘z navbatida, saylovchilarning to‘lovlarni bank plastik kartochlari orqali amalga oshirish, qishloq joylarida servis va xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari bandligini ta’minlash bilan bog‘liq savollariga javob qaytarildi.
Manba: O'zA