2016-yil 5-mart shanba dam olish kunini 2016-yil 7-mart dushanba kuniga ko‘chirish to‘g‘risida

2016-02-15

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Xalqaro xotin-qizlar kunini nishonlash munosabati bilan hamda aholining dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va ish vaqtidan oqilona foydalanish maqsadida:

2016 yil 5 mart shanba dam olish kuni 2016 yil 7 mart dushanba kuniga ko‘chirilsin;

2016 yil 5 mart shanba kuni ish kuni deb e’lon qilinsin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti  I.Karimov

Toshkent shahri, 2016 yil 12 fevral

Manba: O'zA