Ustuvor vazifalar ijrosiga bag'ishlandi
2016-01-27
Yaqinda 2015 yil yakunlari va 2016 yilda Toshkent shahar iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi o'ninchi sessiyasi bo'lib o'tdi.
Unda Prezidentimiz Islom Karimovning Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi “Bosh maqsadimiz – mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan islohotlarni, iqtisodiyotimizda tarkibiy o'zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka yanada keng yo'l ochib berish hisobidan oldinga yurishdir” ma'ruzasida belgilab berilgan vazifalar ijrosiga alohida e'tibor qaratildi.
Sessiyada Toshkent shahar hokimi R.Usmonovning shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishining eng muhim ustuvor va dolzarb masalalari yuzasidan hisoboti eshitildi.
Toshkent shahrida yalpi hududiy mahsulot hajmi o'tgan yilga nisbatan 11,6 foizga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 16,8 foizga, iste'mol mollari ishlab chiqarish 16,9 foizga, chakana savdo aylanmasi 17,0 foizga, xizmatlar 16,7 foizga, pudrat-qurilish ishlari 9,9 foizga o'sishi ta'minlangan.
2015 yilda 6881 ta yangi kichik biznes sub'ektlari tashkil etilib, ularning soni 45490 taga etdi. Kichik biznesning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 57,0 foizni, sanoatdagi ulushi 71,2 foizni, xizmatdagi ulushi 52,8 foizni, hududiy eksportdagi ulushi 92,7 foizni va aholi bandligida ulushi esa 57,6 foizni tashkil etdi.
Mahalliylashtirish dasturi doirasida 162 ta loyiha bo'yicha import o'rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarilib, prognoz 119,1 foizga bajarildi. Toshkent shahar mahalliy byudjetining belgilangan prognoz ko'rsatkichlari 100,9 foizga ijro etildi. Bandlik dasturiga asosan hisobot davrida 93,5 mingta yangi ish o'rinlari yaratildi, shundan 59,5 mingtasi kichik biznes sub'ektlarida yaratildi.
Shu bilan birga o'tgan yil yakuni bilan shaharda mahsulot ishlab chiqarish hajmini kamaytirgan 17 ta yirik sanoat hamda chakana savdo, xizmatlar va ayniqsa pulli xizmatlar hajmlarini kamaytirgan korxonalarda joriy yilda ijobiy ko'rsatkichlarga erishish choralari belgilandi.
Mahalliylashtirish dasturida ishtirok etib, lekin belgilangan prognoz ko'rsatkichlarini to'liq bajarmagan 26 ta loyiha tashabbuskorlari bilan dastur ko'rsatkichlarini so'zsiz bajarilishini ta'minlash bo'yicha tadbirlar belgilandi. Joriy yilda mahalliylashtirish dasturi doirasida 156 ta loyiha bo'yicha mahsulotlar ishlab chiqarish hajmlari belgilandi. Bandlik dasturiga asosan hisobot davrida 93,5 mingta yangi ish o'rinlari yaratildi, shundan 59,5 mingtasi kichik biznes sub'ektlarida yaratildi.
O'tgan yil yakuniga ko'ra mahsulot ishlab chiqarish hajmini kamaytirgan 17 ta yirik sanoat hamda chakana savdo, xizmatlar va ayniqsa pulli xizmatlar hajmlarini kamaytirgan korxonalarda joriy yilda mavjud muammolarni hal etib, ijobiy ko'rsatkichlarga erishish choralari belgilandi.
Mahalliylashtirish dasturi doirasida prognoz ko'rsatkichlarini to'liq bajarmagan 26 ta loyiha tashabbuskorlari bilan dastur ko'rsatkichlarini so'zsiz bajarilishini ta'minlash bo'yicha tadbirlar ishlab chiqilgan. Joriy yilda Mahalliylashtirish dasturi doirasida 156 ta loyiha bo'yicha 1,3 trln. so'mga teng mahsulotlar ishlab chiqarish hajmlari belgilandi. Bundan tashqari, ishlab chiqarish hajmi 214 mlrd. so'mga teng 43 ta loyiha qo'shimcha shakllantirildi.
Shuningdek, joriy yilda shahar eksport salohiyatini kengaytirish, ayniqsa sanoat mahsulotlari eksporti hajmlarini oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Belgilangan prognoz ko'rsatkichlariga ko'ra, joriy yilda 1293 mln. dollarga teng tovar va xizmatlar eksporti amalga oshirilishi ko'zda tutilmoqda.
Bundan tashqari 2016 yilda kamida 8 mingta kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarini tashkil etib, tadbirkorlik sub'ektlariga ajratiladigan tijorat bank kreditlari hajmini kamida 1,3 martaga oshirish bo'yicha aniq choralar ko'rilmoqda.
2016 yilda kichik biznesning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushini 62,0 foizga, sanoatdagi ulushini 72,0 foizga, xizmatlardagi ulushini 58,0 foizga etkazish choralari ko'rildi. Bandlik dasturiga asosan hisobot davrida
93,5 mingta yangi ish o'rinlari yaratildi, shundan 59,5 mingtasi kichik biznes sub'ektlari tomonidan yaratildi.
Kasb-hunar ta'limi muassasalarini 2015 yilda bitirgan
23,4 ming nafar yoshlarning bandligi ta'minlandi. 2016 yilda ish o'rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta'minlash Dasturiga asosan shaharda 95828 ta yangi ish o'rinlarini tashkil etish belgilangan.
Joriy yilda istiqbolli investitsiya loyihalarini shakllantirib borish, ayniqsa sanoatni jadal rivojlantirish va ko'plab yangi ish o'rinlari tashkil etishga yo'naltirilgan loyihalarni ishlab chiqishga alohida e'tibor qaratiladi.
Jumladan, Toshkent shahrining sanoat salohiyatini rivojlantirish, yalpi hududiy mahsulotda kichik biznes sub'ektlari ulushini oshirish va, eng muhimi, bandlik masalarini hal etishda kichik sanoat zonalari – Texnoparklar muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bugungi kunda Yunusobod tumanidagi “O'zbekqishloqmash”, Sergeli tumanidagi “Elektromash” va “Fayz”, Yakkasaroy tumanidagi “Toshkent to'qimachilik kombinati” korxonalari negizida tashkil etilgan sanoat zonalarida 377 dan ortiq kichik biznes sub'ektlariga ishlab chiqarish maydonlari uzoq muddatga ijraga berilgan bo'lib, ularda 7950 ta ish o'rinlari tashkil etilgan.
2016 yilga belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida Toshkent shahrida 2016 yilda ichki yalpi hududiy mahsulot 10,5 foiz, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 13,0 foiz, iste'mol mollari ishlab chiqarish 12,0 foiz, chakana savdo aylanmasi 14,0 foiz, xizmatlar 16,5 foiz, qurilish ishlari esa 9,4 foizga o'sishi ta'minlanadi.
Shuningdek, sessiyada hisobotda qayd etib o'tilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining o'ninchi sessiyasi ishida O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.Mirziyoev ishtirok etdi.