SIRDARYO VILOYATI HOKIMINING HISOBOTI

2016-01-25

Sirdaryo viloyati hokimi O. Ashurmatovning xalq deputatlari viloyat Kengashining 17-sessiyasida “2015 yilda viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda iqtisodiyotni isloh qilish, tarkibiy o‘zgartirishlar va modernizatsiyalashni yanada chuqurlashtirish bo‘yicha 2016 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalari to‘g‘risida” HISOBOTI

Assalomu alaykum hurmatli deputatlar,

qadrli sessiya qatnashchilari!

Bugungi sessiya kun tartibiga “2015 yilda viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarning yakunlari va 2016 yilga mo‘ljallangan vazifalar to‘g‘risida” viloyat hokimining xisoboti qo‘yilganligi, o‘tgan yil may oyida o‘zgartirish kiritilgan O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi qonuni talablariga mos keladi.

Ushbu qonunga kiritilgan yangilik, ya’ni, 251-moddaga muvofiq viloyat, tuman, shahar hokimlarining hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari bo‘yicha hisobotlarini xalq deputatlari mahalliy Kengashi tomonidan eshitish tartibi belgilangan.

Sizlarga ma’lumki, mamlakatimizda davlat hokimiyati uchta bir-birini o‘zaro tiyib turuvchi va nazorat qiluvchi tarmoqdan iborat.

Bular – qonun chiqaruvchi, ijro va sud hokimiyati.

Bu uchta demokratik prinsiplarga mos yo‘nalish mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha siyosiy islohotlarning o‘zagi hisoblanadi.

Respublika miqyosida Oliy Majlisning qo‘yi va yuqori Palatasi – qonun chiqaruvchi hokimiyat hisoblansa, respublika Vazirlar Mahkamasi – ijro hokimiyati, sudlar – sud hokimiyatini tashkil qiladi.

Viloyat va tuman, shaharlarda esa – viloyat, tuman, shahar hokimlari ham mahalliy Kengashlarga rahbarlik qiladi, ham ijroiya hokimiyati rahbari hisoblanadi.

Bugungi sessiyada beradigan xisobotimni viloyatda erishilgan natijalar bilan birga qo‘ldan boy berilgan imkoniyatlar, mavjud zaxiralar va imkoniyatlardan foydalanish darajasini o‘zi-o‘zini tanqid ruhida taxlil qilsak, menimcha foydadan holi bo‘lmaydi va 2016 yilda Muhtaram YUrtboshimiz tomonlaridan oldimizga qo‘yilgan vazifalarni ijrosini ta’minlashda qanday chora-tadbirlar ko‘rishimiz lozimligi to‘g‘risida muhokama qilib olamiz.

Muhtaram YUrtboshimizning ma’ruzalari bilan butun jamoatchiligimiz, xalqimiz tanishib chiqib, mamlakatimizda erishilayotgan yutuqlar zamirida prezidentimizning uzoqni ko‘zlab olib borayotgan adolatli siyosatlari yotganligini, bunday siyosat tufayli o‘zbek xalqi dunyodagi eng baxtiyor davlatlar qatoridan o‘rin olganligini butun dunyo jamoatchiligi tan oldi.

Buni Muhtaram YUrtboshimiz o‘z ma’ruzalarida juda ko‘plab oddiy-oddiy misollar bilan isbotlab berdilar.

Ayniqsa, mamlakat yalpi ichki mahsulotining mana

o‘n yildirki 8 foizdan tushmayotganligi va shuningdek nufuzli Jahon iqtisodiy forumi reytingiga muvofiq iqtisodiy o‘sish prognozlari bo‘yicha dunyoda eng tez rivojlanayotgan 5 ta davlat qatoridan joy olganligi hammamizni g‘ururlantiradi va yutuqlarimizni yanada mustahkamlash uchun yangi marralarga chorlaydi.

Hurmatli deputatlarimiz va jamoatchilik vakillarimizdan, mahalla raislarimizdan iltimos qilamanki, YUrtboshimizning ma’ruzalarini chuqur o‘rganish va keng xalq ommasiga etkazish hammamiz uchun ham qarz, ham farz.

Ayniqsa, 2030 yilda mamlakatimizda yalpi ichki mahsulotni ikki baravar ko‘paytirish to‘g‘risidagi tahliliy va har tomonlama chuqur hisob-kitob qilingan bashorat xalqimizni ertangi kunga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamladi, desam to‘g‘ri bo‘ladi, deb o‘ylayman.

Hurmatli sessiya qatnashchilari!

Endi bevosita viloyatda erishilgan natijalar va yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarimiz to‘g‘risida hisobot bermoqchiman.

Bilasizlar, viloyatimiz respublikamizda geografik joylashish jihatidan eng qulay mintaqalardan bir hisoblanadi.

Viloyat aholisi 790,7 ming kishini tashkil etib, yiliga

14,0 ming kishiga ko‘payib borayotgani va viloyat aholisini

59 foizni yoshlar tashkil qilayotgani, shuningdek, xalqimizning talab va ehtiyojlari yildan yilga ortib borayotganligi, viloyat iqtisodiyotini muttasil rivojlantira borish, ayniqsa, qo‘shimcha qiymat yaratadigan yuqori, zamonaviy texnologiyalarga asoslangan sanoatni rivojlantirish, shu hisobidan byudjet ma’murchiligini ta’minlash, yangi munosib ish o‘rinlari yaratish- eng muhim yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.

Shu o‘rinda iqtisodiyotni rivojlantirish bevosita byudjet ma’murchiligi bilan chambarchas bog‘liqligini va bu boradagi 2015 yil yakunlari bo‘yicha natijalarni tahlil qiladigan bo‘lsak:

– 2015 yilgi mahalliy byudjet xarajatlari 594,4 mlrd so‘mni tashkil qilib, shundan 77,4 foizi ijtimoiy soha xarajatlarini tashkil qildi.

Byudjet xarajatlari o‘tgan yilga nisbatan 120,5 foizga o‘syapti.

Ushbu xarajatlarni qoplash – avvalo, byudjet daromadlari hisobidan amalga oshadi,bu esa soliqlar va boshqa majburiy tushumlarga bog‘liq.

2015 yilda viloyat byudjetining daromadi 377,2 mlrd so‘mni tashkil qildi.

O‘tgan yilga nisbatan byudjet daromadi 128,0 foiz o‘rniga 119,2 foizga bajarildi yoki 22,1 mlrd. so‘mga bajarilmadi.

Bu salbiy holatni hududlar kesimida tahlil qilsak:

– Boyovut tumanida 8,9 mlrd so‘mga yoki 64,9 foizga,

– Guliston tumanida 8,7 mlrd so‘mga yoki 52,7 foizga,

– Oqoltin tumanida 3,3 mlrd so‘mga yoki 74,4 foizga,

– Sardoba tumanida 6,2 mlrd so‘mga yoki 58,5 foizga,

– YAngier shahrida 1,4 mlrd so‘mga yoki 90,7 foizga,

-Shirin shahrida 1,4 mlrd so‘mga yoki 87,6 foizga bajarilmadi.

Byudjet daromadlari xarajatlarni qoplay olmagani uchun respublika byudjetdan 155,6 mlrd so‘m subvensiya olindi yoki viloyat bo‘yicha olingan subvensiya 26,2 foizni tashkil etdi.

Bu ko‘rsatkich hududlar kesimida:

– Boyovut tumanida 30,5 mlrd so‘mga yoki 52,1 foiz,

– Guliston tumanida 20,5 mlrd so‘mga yoki 49,3 foiz,

– Mirzaobod tumanida 19,3 mlrd so‘mga yoki 57,4 foiz,

– Oqoltin tumanida 11,7 mlrd so‘mga yoki 46,2 foiz,

– Sardoba tumanida 14,1 mlrd so‘mga yoki 46,6 foiz,

– Sayxunobod tumanida 22,2 mlrd so‘mga yoki 55,8 foiz,

– Xovos tumanida 21,7 mlrd so‘mga yoki 52,8 foiz,

– Yangyier shahrida 6,6 mlrd so‘mga yoki 29,6 foiz.

Endi ushbu ko‘rsatkichni avvalgi yillar bilan taqqoslasak, 2010 yil byudjetga respublika byudjetidan berilgan dotatsiya 30,7 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, 2015 yilda 2010 yilga nisbatan 4,5 foizga qisqargan.

Bu avvalo, soliq to‘lovchilar sonini ortib borishi, soliq to‘lash bazasini kengaytirish hisobiga amalga oshgan.

Ya’ni, o‘tgan besh yil davomida,sanoat korxonalari soni 256 taga ortib, 1038 taga etgan, shundan yirik sanoat korxonalari soni 17 ta, kichik biznes sub’ektlari soni 7281 taga etdi.

Birgina, o‘tgan besh yilda 974 ta xizmat ko‘rsatish va servis shoxobchalari tashkil etilib, ularning soni 4 554 taga etdi.

Parrandachilik bo‘yicha o‘tgan besh yilda 95 ta korxona tashkil qilinib – jami 214 taga, chorvachilik 174 ta tashkil etilib – jami 872 taga, baliqchilik 195 ta tashkil etilib – 285 taga, asalarichilik 5 ta tashkil etilib – 11 taga, bog‘dorchilik 67 ta tashkil etilib – 864 taga etgani holda, qurilish, bunyodkorlik ishlari hajmi (uy-joy, yo‘l, suv qurilishi va h.k) 176,8 foizga ortgan. SHuningdek, 2 ta yirik korxonalarga yangi uskunalar qo‘yilib, modernizatsiya qilinganlari umumiy soni 14 taga ortgan.

Bunga misol, Guliston shahridagi “Sarbonteks” QKda (tibbiy doka bog‘lamasi),

Yangyier shahridagi “Karmenta YAn Teks” MCHJ va “Mos Yan Teks” MCHJda (trikotaj mahsulotlari), “Polimer Binokor” MCHJda (vatin, kiyimlar ichiga “podkladka”)

Boyovut tumanida “SHodlik Sayxun g‘isht” MCHJ va “Boyovut farovonligi” XKda (pishgan g‘isht), “Kotton impeks Grupp” MCHJda (un ishlab chiarish), “Buyuk Boyovut tekstil” MCHJda (trikotaj mahsulotlari), “Sirdaryo Likorays ekstrakt” MCHJda (shirin miya ildizidan ekstraktlar),

Oqoltin tumanidagi “Oqoltin MS” MCHJda (trikotaj mato ishlab chiqarish), “Sardoba tekstil” MCHJda (trikotaj matoni bo‘yash), “Azian Trayd Link” MCHJda (charm mahsulotlari),

Sayxunobod tumanida “Sayxun sut” XKda (sutni qayta ishlash) kengaytirish va modernizatsiya qilish ishlari olib borilgan.

Ya’ni, byudjet taqchilligini oldini olishda, byudjet ma’murchiligini ta’minlashda

– soliq to‘lovchilar, ya’ni tadbirkorlik sub’ektlari sonini ko‘paytirish, ularni qo‘llab-quvvatlash bilan birga mavjudlarini ham asrab qolish, ular faoliyatidagi to‘siqlarni bartaraf qilish,

soliq to‘lash intizomini ta’minlash, ayniqsa mahalliy soliqlar to‘lash zaruratini xalqimizga tushuntirish, boqimandalikka chek qo‘yish,

mahalliy soliqlar bo‘yicha boqimanda qarzdorligi yuqori bo‘lgan Guliston shahri (2,0 mlrd so‘m), Sirdaryo tumani (1,9 mlrd so‘m), Guliston tumani (1,2 mlrd so‘m), Sayxunobod tumanlari (850,0 mln so‘m) va quyidagi mahallalar: Guliston shahridagi “Taraqqiyot” mahallasi (585,7 mln so‘m), Sirdaryo tumanidagi “Malik” mahallasi (288,8 mln so‘m), Guliston tumani “Do‘stlik” mahallasi (125,0 mln so‘m), Sayxunobod tumani YAssaviy, “Islomobod” va “O‘zbekiston” mahallalariga (211,8 mln so‘m) katta e’tibor qaratishimiz zarur.

Yirik soliq to‘lovchi korxonalarni etarli xom-ashyo bilan ta’minlamaslik ham byudjet daromadlariga bevosita salbiy ta’siri bor.

Misol uchun, birgina Boyovut tumanining mahalliy byudjetdan oladigan subvensiya ulushi 52,1 foiz!

Shu tumanda subvensiyani kamaytirish choralarini tahlil qilsak, tumandagi eng yirik sanoat korxonasi – “Turon” paxta tozalash zavodi o‘tgan mavsumda 30,9 ming tonna paxtani (2014 yil sentyabr-2015 yil iyul) qayta ishlash evaziga 5,1 mlrd so‘m soliq hisoblangan bo‘lsa, bu korxonada 16,8 ming tonna paxtani kam qabul qilgani hisobiga 2,8 mlrd so‘m soliq to‘lovi kamaygan.

Agar tumandagi rejadagi paxta qayta ishlanganida, byudjet daromadlari 2,8 mlrd. so‘mga ortib, subvensiya 4,8 foizga qisqarar edi.

Yoki, aholi xonadonlaridan mol-mulk va er solig‘i bo‘yicha tumanning boqimanda qarzi 519,4 mln so‘mni tashkil etadi.

Agar mahallalarda soliq inspektorlari bilan mahalla raislari hamkorligi ta’minlanganda, har bir fuqaro Konstitutsiyaning 51 – moddasida belgilangan fuqarolik majburiyati, burchini bajarganda mahalliy byudjetda 519,4 mln so‘mlik yo‘qotish bo‘lmasdi….

Yoki, tumandagi faoliyat ko‘rsatmayotgan korxonalar (83 ta) faoliyati tiklanganda, ular o‘z vaqtida qo‘llab-quvvatlanganda 274,0 mln so‘mlik soliqlar to‘lardi.

Agar, 2014-2015 yildagi tumannni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturida, sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi 17 ta amalga oshmay qolgan loyihalar o‘z vaqtida amalga oshganida shuncha qo‘shimcha soliq to‘lovchi paydo bo‘lardi.

Agar, tumandagi 546 ta fermer xo‘jaliklari er solig‘i bo‘yicha 1,8 mlrd so‘m qarzdorligini o‘z vaqtida to‘laganda edi, mahalliy byudjetga 1,8 mlrd so‘m qo‘shimcha daromad kelib tushardi.

Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Boyovut tumanidagi holat barcha tumanlarga xos.

Endi tuman va shahar hokimlari ish uslublarini keskin o‘zgartirib, mahalliy byudjet daromadlarini ko‘paytirish bo‘yicha bosh qotirishlari kerak. Viloyat hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari B.Bo‘ronov ularga yo‘l-yo‘riq, yo‘nalishlar berishi lozim bo‘ladi.

SHuning uchun, 2016 yilda har bir tuman, shaxarlar bo‘yicha byudjet xarajatlari, mahalliy byudjet daromadlari bilan qoplash bo‘yicha xisob-kitoblarini qaytadan ko‘rib chiqib, qo‘shimcha manbaalarni izlab topishimiz kerak, har bir tuman, shahar bo‘yicha alohida dastur bo‘lishi lozim.

Yuqoridagi byudjet masalasini tahlil qilganda, bir narsa ayonki, asosiy vazifa- byudjet daromadlarini ko‘paytirish va yangi ish o‘rinlarini yaratishga qaratmog‘i lozim.

Demak, eng ustuvor vazifamiz sanoatni rivojlantirish hisoblanadi.

Viloyatni yalpi ichki mahsulotida sanoatning ulushi

2015 yilda 21,0 foizni tashkil etgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich

2010 yilda 13,5 foizni tashkil etgan, demak, sanoatning ulushi besh yilda 7,5 bandga o‘sgan.

O‘tgan yil respublika yalpi ichki mahsulotida sanoatning ulushi 33,5 foizni tashkil qilgan.

Muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan 2030 yilga borib mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotida sanoatning ulushini 40 foizga etkazish bo‘yicha topshiriq berildi.

Viloyatimizda sanoatni ulushini respublika ko‘rsatkichiga etkazish uchun tuman, shaharlardagi olib borilayotgan ishlar etarli, deb bo‘lmaydi.

Tuman, shaharlar kesimida YAIM da sanoat ulushini ko‘radigan bo‘lsak, ahvol quyidagicha:

Boyovut 6,3%, Guliston 4,5%, Mirzaobod 2,0%, Oqoltin 4,5%, Sardoba 3,6%, Sayxunobod 5,8%, Sirdaryo 18,2%, Xovos tumani 3,4%, Guliston shahar 8,4%, YAngier shahar 2,5%, Shirin shahar 0,6% ni va “O‘zbekenergo” korxonalarining ulushi 40,2%ni tashkil qiladi.

Bu holatni yaxshilash uchun tumanlar joylashish geografiyasiga qarab, viloyatimizda sanoatning ustuvor yo‘nalishlari bo‘lgan engil sanoat, qurilish materiallari ishlab chiqarish, farmatsevtika sohasida va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha sanoat loyihalarini ko‘paytirish, tashabbuslarni izlab topish va tashkil qilish lozim.

Lekin, ming afsuski bu boradagi ishlarimiz etarli emas.

Misol uchun, o‘tgan yili sanoat yo‘nalishida amalga oshirilgan loyihalar viloyat bo‘yicha 267 tani tashkil qilgan bo‘lsa, buni tuman va shaharlar kesimida holati quyidagicha:

Boyovutda 35 ta, Gulistonda 24 ta, Mirzaobodda 10 ta, Oqoltinda 14 ta, Sardobada 12 ta, Sayxunobodda 20 ta, Sirdaryoda 58 ta, Xovos tumanida 9 ta, Guliston shaharda 39 ta, Yangier shahrida 24 ta va Shirin shahrida 22 tani tashkil qiladi.

O‘tgan hisobot yilida viloyatda 165 ta sanoat korxonalari tashkil etilib, ularning soni 1142 taga etdi.

Shundan, faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni

1038 tani tashkil etib, ularning 17 tasi yirik sanoat korxonalari hisoblanadi.

2013-2016 yillarga mo‘ljallangan “Sanoat salohiyatini rivojlantirish hududiy dasturi” bo‘yicha loyihalarni respublikaning tegishli vazirlik va idoralari bilan hamkorlikda amalga oshirdik.

Xususan, real sektorning etakchi tarmoqlarini modernizatsiya qilish va texnologik yangilash bo‘yicha tasdiqlangan dasturlar doirasida umumiy qiymati 166,3 mlrd. so‘m miqdoridagi 267 ta yangi ishlab chiqarish ob’ektlari foydalanishga topshirildi va 8200 tadan ortiq yangi ish joylari yaratildi.

Jumladan, Kimyo va neftkimyo sohasida 23,5 mlrd. so‘mlik 6 ta loyiha,

-Qurilish materiallari sohasida 47,5 mlrd. so‘mlik 82 ta loyiha,

-Mashinasozlik sohasida 4,7 mlrd. so‘mlik 2 ta loyiha,

-Mebel va qog‘oz ishlab chiqarish sohasida 765,0 mln.so‘mlik 8 ta loyiha,

-Oziq-ovqat sohasida 22,3 mlrd. so‘mlik 106 ta loyiha,

-Tekstil va to‘qimachilik sohasida 28,4 mlrd. so‘mlik 52 ta loyiha,

-Farmatsevtika sohasida 26,4 mlrd. so‘mlik 9 ta loyiha,

-Charm-poyabzal sohasida 400,0 mln. so‘mlik 2 ta loyihalar amalga oshirildi.

Bunda, asosiy e’tiborni engil sanoatni rivojlantirishga qaratib, ustuvor vazifa qilib belgilab oldik:

“O‘zbekengilsanoat” kompaniyasi bilan hamkorlikda olib borgan ishlarimiz natijasida engil sanoat korxonalari soni

2010 yildagi 114 tadan 2016 yilga kelib 200 taga etdi va qariyb ikki barobarga oshdi.

Birgina, 2015 yilning o‘zida Guliston shahrida yiliga

1,5 mln. dona paypoq hamda 500 tonna ip kalava mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan “Neo Kotton” korxonasi,

Oqoltin tumanidagi yiliga 600 ming dona tikuv mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan “Forish oqoltin” korxonasi,

Sardoba tumanida yiliga 9 tonna tayyor tikuv buyumlari ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan “O‘ztransgaz” kompaniyasining kichik korxonasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi va bu loyixalarda qariyb 400 ga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Engil sanoatni rivojlantirish hisobiga viloyatda paxta tolasini qayta ishlash darajasi ham 2009 yildagi 7 foizdan 2016 yilga kelib 28,8 foizga etdi.

Bu esa o‘z navbatida sohada 6,5 mingtaga yaqin qo‘shimcha ish o‘rni hamda 353,1 mlrd. so‘mlik qo‘shimcha qiymat yaratish imkonini berdi va hududiy eksport tarkibida tayyor mahsulotlar ulushining ham keskin oshishini ta’minladi.

Misol uchun, 2010 yilda hududiy eksportning 74,8 foizini paxta tolasi tashkil etgan bo‘lsa, 2016 yilga kelib bu ko‘rsatkich 23,8 foizga tushdi.

Bu sohada “O‘zbekengilsanoat” kompaniyasi bilan hamkorligimizni davom ettirib, joriy yilda qiymati 33,9 mlrd. so‘m bo‘lgan 13 ta yirik loyihalarni amalga oshirish hamda 1,3 mingtaga yaqin yangi ish joylarini tashkil etish yuzasidan ishlarni boshlaganmiz.

Ikkinchi muhim sanoat yo‘nalishi – bu qurilish materiallari ishlab chiqarish soxasidir.

2010 yillarda viloyatdagi barcha qurilish ishlari uchun talab qilingan oddiy pishgan g‘isht materiali 100 foiz qo‘shni viloyatlardan olib kelingan bo‘lsa, 2012 yildan boshlab 3 yil ichida tashkil qilingan 10 dan ortiq g‘isht zavodlari hisobiga pishgan g‘isht materiali viloyatning o‘zida qoplanadigan bo‘ldi.

Shuningdek, “Peng-Sheng” O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasida bugungi kunda 7 ta loyiha ishga tushdi va qariyb 1,2 mingta ish joylari yaratildi.

Bu loyihalar keramika plitkalari va ushbu mahsulot uchun lak-bo‘yoq ishlab chiqarish, qoramol terisini chuqur qayta ishlash, poyavzal, uyali aloqa vositalari, vanna va santexnika jihozlari, uy hayvonlari uchun ozuqa ishlab chiqarish loyihalari amalga oshirildi.

Shu bilan birga, Muhtaram Prezidentimizning tashabbuslari bilan tashkil etilgan ”Jizzax” maxsus industrial zonasining Sirdaryo filialida 3 ta istiqbolli loyihalar ustida ish olib borilmoqda.

Qurilishda temir beton plitalariga bo‘lgan talab ham Guliston shahrida o‘tgan yili tashkil qilingan loyiha qiymati 2,5 mlrd so‘m bo‘lgan “Guliston baraka” korxonasi tomonidan ta’minlanishi yo‘lga qo‘yildi.

Yana bir muhim yo‘nalish ya’ni, rivojlanib kelayotgan farmatsevtika sanoati sohasida keyingi 3 yil ichida qiymati 33 mlrd. so‘m bo‘lgan 3 ta yirik loyiha ishga tushurildi.

Jumladan, Baxt shahrida loyiha qiymati 9,2 mln dollar bo‘lgan “Baxt teks farm” korxonasi, Guliston shahrida yiliga

4 mln. dona tibbiyot vositalari ishlab chiqarish (yod, zelyonka, etil spirti, menovazin, borni kislota) quvvatiga ega bo‘lgan “Muslima Med farm” korxonalari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Sanoatni rivojlantirishda viloyatda bugungi kunda oqsayotgan, o‘zimizni ham qoniqtirmayotgan yo‘nalish – bu qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash yo‘nalishidir.

“Oziq-ovqat sanoati” uyushmasi bilan hamkorlikda joriy yilda qiymati 22,3 mlrd.so‘m bo‘lgan 106 ta loyihalarni amalga oshirgan bo‘lsakda, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash darajasi 8-10 foizdan oshmayapdi.

Shu sababli, “Oziq-ovqat sanoati” uyushmasi bilan xamkorlikda qiymati 8,2 mlrd. so‘m bo‘lgan 2 ta yirik loyihalarni amalga oshirish va joriy yil yakuni bilan viloyatda go‘sht, sut, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash darajasini 15-20 foizga oshirish bo‘yicha ishlarni boshladik.

Sayxunobod tumanida ma’danli suv ishlab chiqarish loyihasi, Sirdaryo tumanida quyuq shinni (jem) ishlab chiqarish loyihasi.

Lekin, imkoniyatlarimiz etarli bo‘lsada tijorat banklarining dasturga kiritilgan loyihalarga bank kreditlarini ajratishda sustkashlikka yo‘l qo‘yildi.

Chunki, dastur ijrosi bajarilgan bo‘lsada, jalb etilishi belgilangan tijorat banklari kreditlari 68,9 foizga bajarildi xolos.

Jumladan,

“Agrobank” 125 ta loyiha 6,3 mlrd. so‘m,

“Mikrokreditbank” 167 ta loyihaga 4,6 mlrd. so‘m,

“Xalq banki” 79 ta loyihaga 6,3 mlrd. so‘m,

“Ipoteka bank” 9 ta loyihaga 6,3 mlrd. so‘m,

“Asaka bank” 21 ta loyihaga 8,8 mlrd. so‘m,

“Sanoatqurilishbank” 19 ta loyihaga 1,3 mlrd.so‘m

Qishloqqurilish bank 45 ta loyihaga 11,2 mlrd. so‘m,

Milliy bank 9 ta loyihaga 1,1 mlrd. so‘m,

Turon bank 4 ta loyihaga 2,0 mlrd.so‘m,

Hamkor bank 5 ta loyihalarga 740,0 mln. so‘mlik kreditlar ajratilmadi.

Hurmatli deputatlar, sessiya qatnashchilari!

Viloyatda bu borada olib borayotgan ishlarimizdan qoniqish hosil qilib, xotirjamlikka berilishga, boshlangan ishlarni o‘zi bo‘larchilikka tashlab qo‘yishga xaqqimiz yo‘q.

2016 yilda umumiy qiymati 541,3 mlrd.so‘m bo‘lgan 1543 ta loyihalarni amalga oshirish hisobiga 21,8 mingtadan ortiq ish o‘rinlari tashkil etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Jumladan,

Guliston shahar (A.Akbarov) 112,9 mlrd. so‘mlik 59 ta loyiha,

Shirin shahar (SH.Tojiboev) 9,9 mlrd. so‘mlik 53 ta loyiha,

Yangyier shahar (I.Qudratov) 29,4 mlrd. so‘mlik 167 ta loyiha,

Boyovut tumani (D.Botirov) 14,7 mlrd. so‘mlik 241 ta loyiha,

Guliston tumani (A.Xusanboev) 17,5 mlrd. so‘mlik 138 ta loyiha,

Mirzaobod tumani (A.Baratboev) 20,6 mlrd. so‘mlik 133 ta loyiha,

Oqoltin tumani (T.Xudoyberdiev) 14,8 mlrd. so‘mlik 111 ta loyiha,

Sardoba tumani (B.Mamanov) 38,4 mlrd. so‘mlik 134 ta loyiha,

Sayxunobod tumani (Z.Suvonov) 36,9 mlrd. so‘mlik 169 ta loyiha,

Sirdaryo tumani (A.Zununov) 240,3 mlrd. so‘mlik 242 ta loyiha,

Xovos tumani (R.Tursunmurodov) 5,9 mlrd. so‘mlik 96 ta loyihalarni amalga oshirishimiz zarur.

Ushbu loyihalar albatta o‘z-o‘zidan amalga oshirib qolmaydi, bunda tijorat banklarning ishtiroki juda katta bo‘lishi kerak, ya’ni ushbu loyihalarga 210,3 mlrd so‘m miqdoridagi kredit mablag‘larini ajratishi zarur.

Bu vazifani viloyat hokimining o‘rinbosari Bahrom Eshqulovich Bo‘ronovga, Iqtisodiyot boshqarmasi boshlig‘i Alisher O‘rolovga, Markaziy bank bosh boshqarmasi boshlig‘i Ilxom Anorboevlarga va tuman, shahar hokimlariga yuklaymiz.

Ular bugundan loyihalar ijrosini qattiq nazoratga olish tizimini yaratib, kerak bo‘lsa kunlik va har bir loyiha bo‘yicha so‘rov tizimini joriy qilib, ijrosini ta’minlasinlar.

Yangi tashkil etish va modernizatsiya qilish orqali amalga oshirilishi belgilangan 230 ta loyihalarning ishga tushirilishi natijasida ular tomonidan 84,8 mlrd.so‘mlik qo‘shimcha sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish, natijada viloyatda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 109,0 foizga, iste’mol tovarlari ishlab chiqarish hajmini 108,9 foizga etkazish choralarini ko‘rishimiz kerak.

Buning uchun birinchidan, viloyatda mavjud faoliyat ko‘rsatayotgan 1038 ta, shu jumladan 17 ta yirik sanoat korxonalarida ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish hamda o‘tgan yillarga nisbatan ko‘proq mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish,

Ikkinchidan, 2016 yilda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga asosan viloyatda yangi tashkil etilishi va mavjud korxonalarni modernizatsiya qilish orqali amalga oshirilishi rejalashtirilgan jami 233 ta loyixalarning ishga tushirilishi natijasida ular tomonidan 84,8 mlrd.so‘mlik qo‘shimcha sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish ko‘zda tutilmoqda.

Xususan, Guliston shahridagi “Sifat impeks teks” MCHJda yiliga 3,0 ming tonna va “Rekord tekstil” MCHJ tomonidan 2,0 ming tonna ip kalava ishlab chiqarish va uni bo‘yash, “Ideal Asr” MCHJ tomonidan yiliga 50 dona yuk tashishga mo‘ljallangan gaz (propan) sisternalari ishlab chiqarish;

-Yangyier shahridagi “YAngier SHifer” MCHJ tomonidan yiliga 2,0 ming dona qishloq xo‘jaligi suv tizimlari uchun latoklar ishlab chiqarish;

-Boyovut tumanidagi “Diamond silverston” MCHJ tomonidan yiliga

5,0 mln.dona pishgan g‘isht ishlab chiqarish;

-Guliston tumanidagi “Baxrom Qo‘rg‘onboy xirmoni” f/x tomonidan yiliga 120,0 tonna kungaboqar urug‘ini qadoqlash va sholini qayta ishlash;

-Mirzaobod tumanidagi “Motor Master Klass” MCHJ tomonidan yiliga

200,0 ming kv/metr profnastil ishlab chiqarish;

-Sardoba tumanidagi “Al’ternativ rom dizayn” MCHJ tomonidan yiliga

30,0 ming dona tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqarish;

-Sayxunobod tumanidagi “Bo‘ston gidro” MCHJ tomonidan yiliga 400,0 ming dona ma’danli suv ishlab chiqarish;

-Sirdaryo tumanidagi “Peng Sheng” QK tomonidan yiliga 10,0 ming tonna keramik granit kafellari va 5,0 ming tonna keramik plitkalar uchun bo‘yoqlar ishlab chiqarish, “Farm plast xolding” MCHJ tomonidan yiliga

30,0 mln.dona bir martalik tibbiyot idishlari (bolalar so‘rg‘ichlari) ishlab chiqarish, “ASILA TEXTILE COLLECTION” MCHJ tomonidan yiliga

120,0 tonna paxmoqli gazlama, 120,0 ming dona sochiqlar va ayollar xalatlari ishlab chiqarish;

-Xovos tumanidagi “Xovosdonmahsulotlari” AJ tomonidan yiliga 3,4 ming tonna granulalangan omuxta em ishlab chiqarish, “Jonibek Erkinovich” MCHJ tomonidan yiliga 60,0 ming dona tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilgan.

Birgina, 2016 yilning 1-choragida 33 ta loyihani amalga oshirish va 1,0 mlrd.so‘mdan ortiq sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish ko‘zda tutilmoqda. Xususan:

– Guliston shahrida “WANGDA METALL” MCHJ tomonidan yiliga

2,5 mlrd.so‘mlik qishloq xo‘jaligi texnikalariga butlovchi va ehtiyot qismlar, armaturalar ishlab chiqarish,

– “Metall Baraka invest” MCHJ tomonidan yiliga 100,0 ming kv/metr profnastil ishlab chiqarish,

– “Guliston med texnika” MCHJ tomonidan 18,0 mln.dona bir martali shpirs ishlab chiqarish,

– “Sarbonteks” QK tomonidan yiligi 3,5 ming tonna ip-kalavani bo‘yash,

– “Grant sarkor servis” MCHJda yiliga 100,0 tonna qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish;

– Mirzaobod tumanidagi “FLEXO EXPRESS” XK tomonidan yiliga 80,0 tonna lak-bo‘yoq mahsulotlari ishlab chiqarish;

– Sirdaryo tumanida “Guliston sharob” MCHJ tomonidan alkogol mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish;

– Sayxunobod tumanidagi “Ozod Malika yo‘l qurilish” MCHJ tomonidan yiliga 35,0 ming tonna asfalt ishlab chiqarish,

– “Evro drayv” MCHJda yiliga 56,0 ming tonna un mahsulotlari ishlab chiqarish loyihalarini joriy yilning 1-choragida tashkil etish yuzasidan ishlar boshlab yuborildi.

Uchinchidan, “2015-2019 yillarda ishlab chiqarishni tarkibiy o‘zgartirish, modernizatsiya qilish va diversifikatsiya qilishni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar Dasturi to‘g‘risida” 2015 yil 4 martdagi PF-4707-sonli Farmonga asosan viloyatda 2016 yilda loyiha qiymati 155,4 mln.dollar bo‘lgan 2 ta loyihalarni amalga oshirish,

Xususan, manzilli ro‘yxatdagi Guliston shahrida yiliga

7,0 mln.juft paypoq mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “Neokotton” MCHJ tomonidan 2016 yilda bo‘yalgan ip kalava, paypoq mahsulotlari ishlab chiqarish kengaytirish tadbirlarini amalga oshirish belgilangan.

To‘rtinchidan, ushbu dasturga qo‘shimcha ravishda 2016 yilda

5,3 mlrd.so‘mlik 4 ta korxonada (155 ta ish o‘rni) modernizatsiya ishlari amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Jumladan:

-“O‘zavtoyo‘l” DAKning YAngier shahridagi “YAngieryo‘l- industriya” UKda temir-beton maxsulotlarini ishlab chiqarishni

-Guliston shahridagi “Aziya karpet dizayn” MCHJda gilam mahsulotlari va jemfir ishlab chiqarishni;

-YAngier shahridagi “SHipa Teks” MCHJda trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarishni;

-Oqoltin tumanidagi “Sardoba tekstil” MCHJda trikotaj mato va tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish va modernizatsiya qilish rejalashtirilgan.

Ushbu tuman va shahar hokimlari bugungi yig‘ilishimizda bu korxonalarning ishga tushurilishi bo‘yicha xisobot berishga tayyorgarlik ko‘rsinlar va o‘zlariga chuqur hulosa qilib olsinlar.

Hurmatli deputatlar, sessiya qatnashchilari!

Vazirlar Mahkamasining yil yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilishida hududiy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va xizmatlar eksporti masalasi ham chuqur muhokama qilindi.

2015 yil uchun viloyatga 68,2 mln. AQSH dollari hajmdagi prognoz ko‘rsatkichlari belgilangan bo‘lib, amalda 70,1 mln. AQSH dollari miqdoridagi eksport amalga oshirildi va belgilangan prognoz 102,8 foizga bajarildi.

Xususan, viloyat hududiy eksport tarkibida sanoat mahsulotlari 29,8 foizni (16,4 mln. dollar), xizmatlar hajmi 8,8 foizni (4,9 mln. dollari) va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari esa 61,4 foizni (33,9 mln. dollar) eksport amalga oshirildi.

Mahsulotlar va xizmatlar eksporti bo‘yicha viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan hududiy 881 ta sanoat korxonalarining faqat 10 tasida (1,0%) hamda 23 ta kichik biznes sub’ektlari tomonidan jami 60,5 mln. dollarlik 10 turdagi mahsulot va xizmatlar eksporti amalga oshirildi.

Viloyat hududiy eksport hajmining 54,3 foizi (38,1 mln. AQSH dollari) Sirdaryo tumaniga va 25,5 foizi (17,9 mln. AQSH dollari) Mirzaobod tumaniga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, eksport bo‘yicha imkoniyatlari etarli bo‘lgan Sardoba (Mamanov), Guliston (Xusanboev), Sayxunobod (Suvonov), Boyovut (Botirov), Xovos (Tursunmurodov) tumanlari va SHirin (Tojiboev) shahrida 2-5 foizdan oshmadi.

Barcha tuman va shahar hokimlari, bugundan boshlab barcha sanoat korxonalarida eksport faoliyatini yo‘lga qo‘yish, mahsulotlar turini ko‘paytirish bo‘yicha faoliyat yuritayotgan 1038 ta sanoat korxonalari qayta xatlovdan o‘tkazilishi va tayyor mahsulotlarini eksport qilishga ko‘maklashish zarur.

Yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarimizdan kerakli xulosa chiqargan holda, joriy yilda 100,0 mln. dollardan kam bo‘lmagan hajmdagi eksportni amalga oshirish bo‘yicha barcha zaruriy chora-tadbirlarni belgilab olishimiz kerak.

Xususan, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo boshqarmasi boshlig‘i U.Talipov, tuman va shahar hokimliklari hamda eksportyor korxonalari rahbarlari bilan birgalikda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini eksportga ortish bo‘yicha “Uzinterimpeks” tashqi savdo kompaniyasi bilan muzokoralar olib borish kerak bo‘ladi.

Hurmatli deputatlar, sessiya qatnashchilari!

Buyurtmachi korxonalar va tashkilotlar hamda pudrat tashkilotlari o‘rtasida pudrat shartnomalari tuzish, ob’ektlarni belgilangan muddatlarda so‘zsiz ishga tushurish bo‘yicha bir muncha ishlar olib borilmoqda.

O‘tgan 2015 yilda 63,0 mlrd.so‘mlik markazlashgan byudjet mablag‘lari hisobidan jami 89 ta obektlar, shundan 8 ta sog‘liqni saqlash ob’ektlari, 13 ta umumta’lim maktablari, 9 ta kasb-hunar kollejlari, 3 ta bolalar sporti ob’ektlari, 53 ta qishloq aholi punktlarini toza ichimlik suvi va 3 ta boshqa ijtimoiy soha obektlari qurilib, foydalanishga topshirildi.

Hisobot yilida viloyatning 16 ta massivida 550 ta namunaviy loyiha asosida uy-joylar qurilib, ushbu massivlarga 34,7 km suv tarmoqlari, 11,9 km elektr tarmoqlari, 19,4 km gaz tarmoqlari va 8,3 km ichki yo‘l asoslari qurildi.

Qurilish va obodonlashtirish tadbirlariga 476 ta maxsus qurilish-pudrat tashkilotlarining 210 ta turli xildagi mashina va mexanizmlari hamda 10 mingtaga yaqin ishchi xodimlari jalb etildi.

SHu bilan birga, ayrim obektlarning qurilish-pudrat ishlarida qoloqlikka yo‘l qo‘yildi.

Misol uchun, Boyovut tumani tibbiyot birlashmasining yakunlanmay qolgan 312,0 mln.so‘mlik qurilish-montaj ishlarini joriy yilning 1-choragida yakunlash va foydalanishga topshirish choralarini ko‘rishimiz zarur.

Joriy yilda Investitsiya dasturi doirasida markazlashgan byudjet mablag‘lari hisobidan 82,1 mlrd. so‘mlik 70 ta ob’ektlarni qurish, shundan 9 ta sog‘liqni saqlash ob’ektlari, 14 ta umumta’lim maktablari, 6 ta kasb-hunar kollejlari, 4 ta bolalar sporti jamg‘armasi ob’ektlari, 35 ta qishloq aholi punktlarini ichimlik suv bilan ta’minlash va 2 ta boshqa ijtimoiy obektlarni qurish va belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish choralarini ko‘rishimiz kerak.

Bir so‘z bilan aytganda, 2016 yil viloyatimiz uchun qurilishlar yili bo‘ladi desak adashmagan bo‘lamiz.

SHuning uchun, har bir hududda kamida 10 tadan qurilish-pudrat tashkilotlarini tashkil etishimiz va ularning moddiy-texnika bazasini shakllantirib, belgilangan obektlarning o‘z vaqtida foydalanishga topshirilish choralarini ko‘rishimiz kerak.

SHuningdek, qishloq joylarda 4 ta massivda qurilishi rejalashtirilgan 591 ta namunaviy uy-joylarni qurish va o‘z muddatida foydalanishga topshirish choralarini ko‘rish zarur.

Hurmatli deputatlar, sessiya qatnashchilari!

Hisobot davrida viloyatda kreditorlik va debitorlik qarzlarni qisqartirish, muddati o‘tgan qarzlarni paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik, o‘zaro to‘lovlar intizomiga rioya etish borasida barcha zaruriy choralar ko‘rildi.

Ta’minotchi va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar bilan o‘zaro to‘lov intizomini mustahkamlash borasida tegishli rahbarlarning mas’uliyati va javobgarligini oshirish maqsadida doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi viloyat monitoring guruhi tashkil etilib, bu borada tegishli nazorat o‘rnatildi.

Hisobot davrida monitoringga olingan korxona va tashkilotlarning umumiy debitorlik qarzi 69,7 mlrd. so‘mni, umumiy kreditorlik qarzi 113,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Yil boshiga nisbatan umumiy debitorlik qarzlar 15,4 mlrd. so‘mga oshgan, kreditorlik qarzlar esa 17,3 mlrd. so‘mga kamaygan.

SHuningdek, debitor qarzdorlik asosan Respublika xo‘jalik birlashmalariga qarashli korxonalar (63,5 mlrd so‘m yoki 91,1%) xissasiga to‘g‘ri keladi.

Bunda, debitorlik qarzlarning 44,9 foizi “O‘zbekenergo” DAK, 13,4 foizi “O‘zkimyosanoat” DAK, 7,6 foizi “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi va 11,1 foizi “O‘zbekiston temir yo‘llari” DAK tizimidagi korxona va tashkilotlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Kreditorlik qarzlarning 24,8 foizi “O‘zbekenergo” DAK,

1,1 foizi “O‘zbekneftgaz” MXK, 27,9 foizi “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi, 10,9 foizi “O‘zkimyosanoat” DAK, 2,0 foizi “O‘zdonmaxsulot” AK tarkibiga kiruvchi korxona va tashkilotlar, 1,4 foizi “O‘zbekiston temir yo‘llari” DAK korxonalari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Viloyatda Debitorlik va kreditorlik qarzlarning o‘sishi asosan “O‘zbekenergo” DAK qarashli SHirin shahrida joylashgan “SHirin issiqlik elektr stansiyasi” korxonasi hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Shu bilan birga, “O‘zkimyosanoat” DAK, “O‘zbekneftgaz” MXK, “O‘zdonmahsulot” DAK, “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi va “O‘zagromashservis” uyushmasi, O‘simliklarni himoya qilish markazi tizimidagi korxona va tashkilotlarning asosiy debitorlik qarzlari paxta va g‘alla etishtiruvchi fermer xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Ushbu korxonalarning debitorlik qarzlarining oshib ketishining oldini olish maqsadida Moliya vazirligi huzuridagi Jamg‘arma tomonidan ajratilgan mablag‘lar hisobiga 98,2 mlrd. so‘mlik to‘lovlar amalga oshirildi hamda o‘z navbatida, ushbu korxonalarga 25,1 mlrd. so‘mdan ortiq tijorat banklari kreditlari ajratilib, ularning kreditorlik qarzlarini o‘sib ketishiga ham yo‘l qo‘yilmadi.

Hisobot davriga fermer xo‘jaliklarining asosiy ta’minotchi va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlardan qarzlari 286,5 mlrd. so‘mni tashkil etmoqda.

Jumladan, yoqilg‘i-moylash maxsulotlari bo‘yicha 130,3 mlrd. so‘mni, mineral o‘g‘itlar bo‘yicha 141,5 mlrd.so‘mni, elektr energiyasi bo‘yicha 10,2 mlrd.so‘mni, “Agromashservis” MTP xizmatlari bo‘yicha 4,5 mlrd. so‘mni tashkil etmoqda.

Ushbu debitor va kreditor qarzdorlikni bosqichma-bosqich kamaytirish maqsadida fermer xo‘jaliklari tomonidan ta’minotchi va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarga joriy yil oxiriga qadar jami 210 mlrd. so‘mlik to‘lovlarni amalga oshirishimiz zarur.

Jumladan, 2015 yil paxta hosili yakuniy mablag‘laridan

10 mlrd. so‘m, 2016 yil paxta hosili yakuniy mablag‘laridan 40 mlrd. so‘m, 2016 yil g‘alla hosili yakuniy mablag‘laridan 20 mlrd. so‘m, 2016 yil g‘alla imtiyozli kredit mablag‘laridan 25 mlrd. so‘m, 2016 yil paxta avans mablag‘laridan 85 mlrd. so‘m, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash (dotatsiya) hisobidan 10 mlrd. so‘m, Ustav kapitaliga shakllantiriladigan mablag‘lar hisobidan 30 mlrd. so‘m to‘lovlarni amalga oshirish hisobiga mavjud debitorlik va kreditorlik qarzdorlikni bosqichma-bosqich kamaytirish choralarini ko‘rishimiz kerak.

Shu bilan birga, iste’mol qilingan elektr energiyasi va tabiiy gaz bo‘yicha qarzdorlikni qisqartirishda ishlarimiz talab darajasida emas.

Elektr energiyasi bo‘yicha -2015 yilda 171,2 mlrd so‘mlik elektr iste’mol qilingan bo‘lsa, 123,1 mlrd so‘mlik to‘lovlar amalga oshirilib, to‘lovchanlik darajasi 71,9 foizni tashkil etgan.

2015 yil 1 yanvar holatiga elektr energiyasidan debitorlik qarzdorlik 171,3 mlrd so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2016 yil 1 yanvar holatiga 219,0 mlrd so‘mga etgan va bir yilda 47,7 mlrd so‘mga oshib ketishiga yo‘l qo‘yilgan.

Bunda, Sayxunobod (37,1%), Boyovut (53,9%), Sardoba (59,5%), Xovos (61,4%), Guliston (64%), Oqoltin (65,9%) tumanlari va YAngier shaxrida (67,8%) iste’molga nisbatan to‘lov darajasi past bo‘lgan bo‘lsa, yil boshiga nisbatan debitorlik qarzdorlik Guliston (9,2 mlrd so‘m), Sayxunobod (8,0 mlrd so‘m), Sardoba (6,0 mlrd so‘m) tumanlari va SHirin (5,5 mlrd so‘m), Guliston (5,1 mlrd so‘m), YAngier (3,0 mlrd so‘m) shaharlarida o‘sishiga yo‘l qo‘yilgan.

Xuddi shunday holat, tabiiy gaz bo‘yicha ham kuzatildi.

2015 yilda 67,2 mlrd so‘mlik tabiiy gaz iste’mol qilingan bo‘lsa, 46,2 mlrd so‘mlik to‘lovlar amalga oshirilib, to‘lovchanlik darajasi 68,7 foizni tashkil etgan.

2015 yil 1 yanvar holatiga tabiiy gazdan debitorlik qarzdorlik 201,5 mlrd so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2016 yil 1 yanvar holatiga 222,5 mlrd .so‘mga etgan va bir yilda 21,0 mlrd so‘mga oshib ketishiga yo‘l qo‘yilgan.

Bunda, Sirdaryo (57,0%), Boyovut (62,0%), Sayxunobod (72,1%), Guliston (76,4%), tumanlari va Guliston shaxrida (60,6%) iste’molga nisbatan to‘lov darajasi past bo‘lgan bo‘lsa, yil boshiga nisbatan debitorlik qarzdorlik Guliston shahri (7,9 mlrd so‘m) va Sirdaryo (7,1 mlrd so‘m), Boyovut (2,9 mlrd so‘m) tumanlarida o‘sishiga yo‘l qo‘yilgan.

Hurmatli deputatlar, sessiya qatnashchilari!

Yangi ish joylari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi ijrosini ta’minlash, mavjud bo‘sh ish joylarining hisobini va monitoringini yuritish, ishsiz aholini, birinchi navbatda yoshlarni yangi ish o‘rinlariga ishga joylashtirish borasida aniq chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Tizimli ishlar natijasida hududiy mehnat bozoridagi vaziyat barqaror saqlanib, band aholi soni 339,9 ming nafarni (mehnat qilish qobiliyatiga ega 485,5 ming nafar kishiga nisbatan 74,1%) tashkil etdi.

Bandlik dasturiga asosan hisobot davrida 40 ming 200 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi, shundan 31 ming 300 tasi qishloq joylarida yaratildi.

Shundan, sanoat yo‘nalishida 8209 ta, xizmat ko‘rsatish yo‘nalishda 3913 ta, qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida 8726 ta, ishlamayotgan korxonalar faoliyatini tiklash hisobiga 1697 ta, tijorat banklarining kichik korxonalar va mikrofirmalarni tashkil etish uchun ajratiladigan kreditlari hisobiga 6087 ta, yakka tadbirkorlarni rivojlantirish hisobiga 2831 ta, uy mexnatining barcha shakllarini tashkil etish hisobiga 1639 ta va dexqon va fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish hisobiga 7107 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etildi.

Kasb-hunar ta’limi muassasalarini 2015 yilda bitirgan

10 ming 700 nafar (90,1%) yoshlarning, shu jumladan 5 ming 300 nafar qizlarning bandligi ta’minlandi.

Bandlik dasturining ijrosini ta’minlashda albatta kichik biznes subektlarining hissasi katta bo‘lmoqda.

Hisobot yilida 876 ta kichik biznes subektlari tashkil etilib, ularning soni 7281 taga etdi.

Ularning ulushi yalpi hududiy mahsulotda 68,1 foizni, xududiy eksportda 53,6 foizni, sanoatda 36,3 foizni, qurilishda 87,1 foizni, aholi bandligida esa 79 foizni tashkil etdi.

Tadbirkorlikni rivojlantirishda tijorat banklari tomonidan 5807 nafardan ziyod kichik biznes sub’ektlariga 281 mlrd.so‘mdan ziyod kredit mablag‘lari ajratib berildi.

Viloyatning barcha tuman va shaharlarida tadbirkorlik sub’ektlariga xizmat ko‘rsatuvchi “YAgona darcha” markazlari tashkil etilib, yil boshidan faoliyat ko‘rsatmoqda.

Markazlar 342 mln. so‘mlik kompyuter uskunalari hamda mebel jihozlari bilan ta’minlandi va internetga ulandi.

Muhtaram Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, xususiy mulk daxlsizligi, tadbirkorlar faoliyatiga asossiz aralashuvlarni cheklash, shu bilan bir qatorda soliq ma’murchiligini samarali amalga oshirish hamda biznes yuritish muhitini yanada yaxshilash borasida o‘tgan 5 yilda qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirishlar natijasida kichik tadbirkorlik sub’ektlarida har 4 yilda 1 marta, qolgan sub’ektlarda 3 yilda 1 marta rejali tekshirish o‘tkazish belgilanib, tekshirishlar soni 3 barobarga, soliq hisobotlarining esa 3 marta qisqartirilishiga erishildi.

Nazorat organlari tomonidan 2015 yilda 213 ta tadbirkorlik sub’ektlarida tekshirishlar o‘tkazilib, tekshirishlar soni o‘tgan yilga nisbatan 4 taga yoki 2,6 foizga kamaydi.

Shunga qaramay, kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishda ham bir muncha kamchiliklarga yo‘l qo‘yildi.

Bunda ro‘yxatga olingan 7281 ta kichik biznes sub’ektlarining 782 tasi yoki 10,7 foizi turli sabablarga ko‘ra faoliyat ko‘rsatmayapti.

Eng achinarlisi 560 ta yoki 7,8 foiz tadbirkorlik subektlari tugatilgan bo‘lsa, shundan 127 tasi sanoat yo‘nalishida bo‘lib, davlat reestridan chiqarilgan.

Faoliyat ko‘rsatmayotgan sub’ektlarning 83 tasi (15,2 foizi) Boyovut tumaniga (Botirov), 174 tasi (14,4 foizi) Sirdaryo tumaniga (Zununov), 67 tasi (13,4 foizi) Guliston tumaniga (Xusanboev),

65 tasi (10,6 foizi) Sayxunobod tumaniga (Suvonov), 20 tasi

(11,4 foizi) Oqoltin tumaniga (Xudoyberdiev) to‘g‘ri keladi.

Tuman va shahar hokimlari, davlat soliq inspeksiyalari bu masalaga jiddiy e’tibor qaratishlari va faoliyatini tiklash choralarini ko‘rishlari zarur.

2016 yil uchun qabul qilingan bandlik dasturiga asosan jami

40 ming 200 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etish, bunda asosan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga 32 ming 200 ta ish o‘rinlari yaratish choralarini ko‘rishimiz kerak.

Ish o‘rinlari tashkil etishda talab yuqori bo‘lgan viloyatning Sirdaryo (6589 ta jamiga nisbatan 16,4%), Boyovut (4958 ta 12,3%), Guliston (3696 ta 9,2%), Oqoltin 3452 ta 8,6%), Sayxunobod (3860 ta 9,6%), Xovos tumanlari (3387 ta 8,4%) va Guliston shahriga (6637 ta 16,5%) alohida e’tibor qaratishimiz zarur.

2015-2016 o‘quv yillarida kasb-hunar kollejlarni 12,2 ming nafar, shundan 6,3 ming nafari qizlar hamda viloyatimizdan respublikadagi Oliy ta’lim muassasalarini tamomlaydigan bir mingtaga yaqin yoshlarini ish bilan ta’minlash choralarini ko‘rish kerak.

Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan

3100 nafar kollej bitiruvchilariga tijorat banklarining

16,1 mlrd.so‘mga yaqin miqdordagi kredit mablag‘larining ajratilishini ta’minlash zarur bo‘ladi.

Hurmatli deputatlar, sessiya qatnashchilari!

Muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan 2016 yil uchun belgilab berilgan ustuvor vazifalarni amalga oshirishda Sirdaryo viloyatida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlarni aytib o‘tdik.

Jumladan, joriy yil yakuni bilan yalpi hududiy mahsulot ishlab chiqarish hajmini 108,0 foizga, shundan 1-chorakda 105,9 foizga,

– sanoat mahsulotlar ishlab chiqarishda 109,0 foizga, shundan

1-chorakda 104,5 foizga, jumladan hududiy sanoat korxonalari tomonidan 115,0 foizga,

– yalpi qishloq xo‘jaligi mahsuloti hajmini 105,9 foizga, shundan 1-chorakda 105,4 foizga,

– pudrat ishlari hajmini 108,5 foizga, shundan 1-chorakda

108,4 foizga,

– chakana tovar aylanmasi hajmini 115,1 foizga, shundan

1-chorakda 112,5 foizga,

– pullik xizmatlar hajmini 112,3 foizga, shundan 1-chorakda 110,2 foizga etkazishning aniq chora-tadbirlarini amalga oshirishimiz zarur.

Joriy yil uchun belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish bugungi yig‘ilishda ishtirok etayotgan barcha darajadagi rahbarlar faoliyatida yangi samarali va zamonaviy yondashuvlarni talab etadi.

Shu bilan birga, pirovard natijalarga erishish uchun shaxsiy mas’uliyatni yanada oshirish taqozo etiladi.

Barchangizga sihat-salomatlik tilab, eng ulug‘ va aziz bayram-Mustaqilligimizning 25 yilligi nishonlanadigan 2016 yilda viloyatda barcha sohalarda ijobiy o‘zgarishlarga erishamiz, deb ishonch bildirishga ijozat bergaysizlar.

E’tiboringiz uchun rahmat!