2015 yil yanvar-dekabr oylarida respublikada qora metallurgiya sanoatining rivojlanishi yakunlari
2016-01-20
Qora metallurgiya korxonalari tomonidan 2015 yilning yanvar-dekabr oylarida 2075,6 mlrd. so`mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, o`tgan yilning tegishli davriga nisbatan ishlab chiqarish 111,1% ga o`sdi.
Tarmoqda ishlab chiqarilgan mahsulotning umumiy sanoat hajmidagi ulushi 2,3% ni tashkil etdi.
Hududlar kesimida qora metallurgiya sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining katta qismi Toshkent viloyati (tarmoqning respublikadagi hajmiga nisbatan 47,7%) va Toshkent shahri (45,1 %) korxonalari hissasiga to`g`ri kelmoqda. Kichik tadbirkorlikning doimiy qo`llab – quvvatlanishi, ular tomonidan ishlab chiqarilgan qora metallurgiya mahsulotlari hajmining keskin o`sishini ta`minladi hamda 2014 yilning 12 oyiga nisbatan ishlab chiqarish 56,8%ga oshdi, ular mahsulotining tarmoqdagi ulushi 20,2% ni tashkil qildi.
Hozirgi kunda respublikada 536 ta qora metallurgiya buyumlar korxonalari faoliyat ko`rsatayapti, ulardan 299 tasi metall buyumlar, 99 tasi o`tga chidamli hamda 54 tasi qora metall ishlab chiqarish yo`nalishidagi korxonalar hisoblanadi. Hisobot davrida 44 ta qora metallurgiya sanoati korxonalari yangidan tashkil etildi.