2015 yil yanvar- dekabr oylarida respublikada kimyo sanoatining rivojlanishi yakunlari
2016-01-20
2015 yilda respublika kimyo sanoati korxonalari tomonidan 4686,7 mlrd. so`mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, 2014 yilning tegishli davriga nisbatan 7,5 %ga oshdi.
Hududlar kesimida kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining katta qismi Toshkent sh. (tarmoqning jami hajmidagi ulushi 30,0%), shuningdek Toshkent (22,9%), Navoiy (13,8%) va Farg`ona (13,7%) viloyatlari korxonalariga to`g`ri keladi.
Kichik tadbirkorlik sub`ektlari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi o`tgan yilga nisbatan 14,6%ga o`sdi va ularning kimyo tarmog`idagi ulushi 48,2%ga yetdi.
Hozirgi paytda respublikada 2734 ta kimyo sanoati korxonalari faoliyat ko`rsatmoqda, ulardan 371 tasi hisobot davrida yangi tashkil kilingan korxonalardir.