2015 yil yanvar-dekabr oylarida respublikada meditsina sanoatining rivojlanishi yakunlari
2016-01-20
Aholini sifatli dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta`minlash borasida kompleks chora-tadbirlarning amalga oshirilishi, meditsina sanoati korxonalari tomonidan mahsulot ishlab chiqarish hajmining oshirilishi uchun imkoniyat yaratdi.
2015 yilning yanvar-dekabr oylarida meditsina sanoati korxonalari tomonidan 674,6 mlrd. so`mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, o`sish sur`ati o`tgan yilga nisbatan 128,9%ni, tarmoqning sanoat ishlab chiqarish umumiy hajmidagi ulushi 0,7%ni tashkil qildi (2014 yil yanvar-dekabrida- 0,6%).
Hisobot davrida, 2014 yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan, tarmoqdagi yirik sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarish ko`rsatkichlari qo`yidagi mahsulot turlari bo`yicha oshirildi: tovarlarni transportda tashish yoki qadoqlash uchun shisha ampulalar – 2,8 martaga, provitaminlar, vitaminlar va ularning hosilalari – 2,3 martaga, tarkibida gormonlar yoki antibiotiklar bo`lmagan medikamentlar – 1,3 martaga va boshqalar.
Meditsina mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining asosiy qismi Toshkent shahri (tarmoqning umumiy hajmidagi ulushi 56,4%) va Toshkent viloyati (20,4%) korxonalari xissasiga to`g`ri keladi.
Tarmoqning kichik tadbirkorlikka kiradigan korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot hajmining 2014 yilning 12 oyiga nisbatan 1,4 martaga oshishiga erishildi, ularning meditsina sanoati tarmog`i umumiy hajmidagi ulushi 64,3 %ga teng bo`ldi.
Hozirgi vaqtda respublikada tarmoqning 267ta korxonasi faoliyat ko`rsatmoqda, ulardan 64tasi 2015 yil davomida tashkil qilingan.