Melioratsiya Davlat dasturi doirasida Jamg‘arma hisobidan 2015 yilning III-chorak yakunida meliorativ ob‘ektlarda amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida MA‘LUMOT

2015-12-21

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 19 apreldagi “2013-2017 yillar davrida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi №PQ-1958 sonli qarorlari ijrosini ta‘minlash maqsadida, 2015 yil III-chorak yakunida Jamg‘armani boshqarish departamenti tomonidan meliorativ tadbirlarni amalga oshirishga tizimli va kompleks yondoshishni ta‘minlash bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, 2015 yilga rejalashtirilgan meliorativ tadbirlarni bajarish maqsadida jami 350,4 mlrd. so‘m, shundan 149,8 mlrd. so‘m qurilish va rekonstruktsiya ob‘ektlarida, 164,0 mlrd.so‘m ta‘mirlash-tiklash ob‘ektlarida ishlarini bajarishga, 31,6 mlrd. so‘m melioratsiya va suv xo‘jaligi ishlariga ixtisoslashtirilgan pudrat va ekspluatatsiya korxonalarining moddiy texnik bazasini mustahkamlash maqsadlariga, 2,0 mlrd. so‘m tomchilatib sug‘orish ishlarini joriy etish ishlariga va 3,0 mlrd.so‘m buyurtmachining boshqa harajatlari uchun ajratilgan .

2015 yilga belgilangan tadbirlarni amalga oshirilishi natijasida respublika bo‘yicha 284,4 ming gektardan ziyodroq maydonning meliorativ holati yaxshilanishi kutilmoqda.

Meliorativ tadbirlarning sifatini nazorat qilish va ta‘minlash maqsadida buyurtmachi va loyihachi tashkilotlar, nazorat organlari hamda ekspluatatsion tashkilotlarlardan tashqari meliorativ ishlarni bajarish va qabul qilishda suv iste‘molchilar uyushmasi xodimlari va fermer xo‘jaliklari jalb etilgan.

Meliorativ ob‘ektlarni rekonstruktsiya qilish va qurish ishlari bo‘yicha:

Dasturga ko‘ra Departament buyurtmachi sifatida 2015 yilda jami 149 ta ob‘ektda rekonstruktsiya qilish va qurish ishlari olib borilishi rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 43 tasi yildan-yilga o‘tuvchi, 106 tasi yangidan boshlanadigan ob‘ektlardir.

Ushbu loyihalar doirasida 760,6 km ochiq va 283,1 km uzunlikda yopiq-yotiq drenaj tarmoqlarini, 6 dona meliorativ nasos stantsiyalarini, 169 dona vertikal drenaj quduqlarini, 1081 dona meliorativ kuzatuv quduqlarini, 2,7 km. uzunlikda inspektorlik yuli va 44 dona gidrotexnik inshootlarni qurish va qayta qurish ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan .

Joriy yilning III-chorak yakuni bilan yangidan boshlanuvchi 106 ta loyihalarning barchasi bo‘yicha loyiha-smeta xujjatlari ishlab chiqilib, ekspertiza organlarining ijobiy xulosalari olingan hamda tender tanlov savdolari natijalariga ko‘ra bosh pudrat tashkilotlar aniqlangan.

Bugungi kunda 149 ta ob‘ektda qurilish montaj ishlari olib borilmoqda.

2015 yilning III-chorak yakuni bilan meliorativ ob‘ektlarda kollektor tarmoqlarini qurish va qayta qurish ishlari rejasi 672,7 km bo‘lib, amalda kollektorlarni qurish va rekonstruktsiya qilish 733,4 km (109%), 2 dona meliorativ nasos stantsiyasi, 96 dona meliorativ tik quduqlar, 684 dona kuzatuv qudug‘i, 29 dona yirik gidrotexnik inshoot va 218,8 km uzunlikda yopiq-yotiq drenaj tarmog‘i qurib bitkazilib, 108,5 mlrd.so‘mlik ishlar amalga oshirilgan bo‘lib, shu jumladan qurilish-montaj ishlari 107,4 mlrd.so‘mni tashkil etib, reja ko‘rsatkichi 101% ga bajarildi.

O‘sish ko‘rsatgichi o‘tgan yilga (80,7 mlrd.so‘m) nisbatan 133 foizga oshgan.

Meliorativ ob‘ektlarni rekonstruktsiya qilish va qurish ishlari uchun 131,0 mlrd. so‘m miqdorida mablag‘ moliyalashtirildi.

Ushbu ishlarni bajarishga 459 dona mashina va mexanizmlar jalb etilgan.

Bugungi kunda manzilli ro‘yxatga kiritilgan 149 ta meliorativ ob‘ektlardan 43 tasida qurilish ishlari tugallanib, Davlat va ishchi qabul komissiyasi dalolatnomalari rasmiylashtirilmoqda.

Meliorativ ob‘ektlarida tizimli ta‘mirlash-tiklash ishlari bo‘yicha:

Dasturga ko‘ra meliorativ ob‘ektlarda tizimli ta‘mirlash-tiklash ishlari bo‘yicha 2015 yilda jami 225 ta ob‘ektda olib borilishi rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 80 tasi yildan-yilga o‘tuvchi, 145 tasi yangidan boshlanuvchi ob‘ektlardir.

Ushbu loyihalar doirasida 12109,3 km ochiq va 770,5 km yopiq-yotiq kollektor drenaj tarmoqlari, 388 dona vertikal drenaj quduqlari, 13 dona meliorativ nasos agregatlari, 1070 dona kuzatuv quduqlari, 1538 dona gidrotexnik inshootlarda ta‘mirlash-tiklash ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan .

2015 yilning III-choragida 11926,8 km ochiq va 330,5 km yopiq-yotiq kollektor drenaj tarmoqlari, 347 dona vertikal drenaj quduqlari, 13 dona meliorativ nasos agregatlari, 871 ta kuzatuv quduqlari va 1393 dona boshqa meliorativ inshootlar ta‘mirlanib tiklandi. Jami 128,6 mlrd.so‘m mablag‘ o‘zlashtrilgan bo‘lib, reja ko‘rsatkichi 105% ga bajarildi.

O‘sish ko‘rsatgichi o‘tgan yilga nisbatan 150 foizga oshgan.

Meliorativ ob‘ektlarda ta‘mirlash-tiklash ishlarini moliyalashtirish uchun 106,7 mlrd.so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.


Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi