“2018 yilda O‘zbekiston Respublikasida OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha Davlat dasturi”ning ijrosi
2018-05-23
“2018 yilda O‘zbekiston Respublikasida OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha Davlat dasturi”ga kiritilgan tadbirlar ijrosini ta’minlash yuzasidan Respublika OITSga qarshi kurash markazining chora-tadbirlar rejasi ijrosini bajarish maqsadida OIV infeksiyasiga qarshi kurash sohasida amalga oshirilayotgan tadbirlariga Nodavlat notijorat tashkilotlar ishtirokini jalb qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, Respublikamizning barcha viloyatlarida “Fuqarolik jamiyati tashkilotlari salohiyatini oshirish” mavzusidagi seminar-treninglar tashkil etilib, nodavlat notijorat tashkilotlarni OIV infeksiyasi profilaktikasi usullari bo‘yicha o‘qitishlar tashkil etildi. OIV infeksiyasi bilan yashovchi shaxslarga bag‘rikenglik munosabatida bo‘lish borasidagi axborot-ma’rifiy ma’lumotlar tarqatma materiallar ko‘rinishida seminar – trening ishtirokchilariga tarkatildi. Ushbu seminar – treninglarda Respublika bo‘yicha 350 nafar Nodavlat notijorat tashkilotlar rahbarlari va vakillari ishtirok etib, OIV infeksiyasi bo‘yicha dunyodagi vaziyat, kasallikning yuqish yo‘llari, uning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar va shu infeksiya bilan yashovchilarga bag‘rikenglik munosabatida bo‘lish to‘g‘risida bilimlarini oshirishdi.