O‘zbekiston delegatsiyasi OHIChKning 5-uchrashuvida ishtirok etdi
2016-04-28
2016-yilning 27-28-aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasi Pekin shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashga (OHIChK) a’zo davlatlar tashqi ishlari vazirlarining navbatdagi Beshinchi uchrashuvida ishtirok etdi.
Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin tashqi siyosat idoralari rahbarlari uchrashuvining ochilish marosimida tabrik nutqi so‘zladi.
Majlis yakunlariga ko‘ra OHIChK Tashqi ishlar vazirlari kengashi deklaratsiyasi qabul qilindi.