Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi 43-sessiyasi

2016-10-18

Sessiya yakunlariga ko‘ra Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi. Ushbu hujjat IHTning obro‘li va nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan bir qatorda o‘zining munosib o‘rniga egaligini ta’kidlaydi hamda musulmon ummati birligini ta’minlash, mustahkam tinchlik va xavfsizlikni o‘rnatish, a’zo davlatlarga barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ko‘maklashish maqsadida tashkilot faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha sa’y-harakatlarni faollashtirishga chaqiradi.