«Keksalarni e’zozlash yili» davlat dasturi qabul qilindi
2015-02-18
Prezidentimiz Islom Karimov 18 fevraldagi qarori bilan «Keksalarni e’zozlash yili» davlat dasturini tasdiqladi.
Qaror keksalarning hayot darajasi va sifatini yanada yaxshilash, ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash ko‘lamini kengaytirish, yoshi ulug‘ insonlar, ayniqsa, 1941—1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylariga ijtimoiy, pensiya ta’minoti va tibbiy xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish, oila va jamiyatda, yoshlarni o‘zbek xalqining ko‘p asrlik qadriyat va an’analari ruhida tarbiyalashda keksalarning o‘rnini mustahkamlash maqsadida, shuningdek, 2015 yilning «Keksalarni e’zozlash yili» deb e’lon qilinishi munosabati bilan qabul qilindi.